Kadirova Mashxura Mirzaakbarovna
Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Kadirova Mashhura Mirzaakbarovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 16 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2010–2011-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Аrab tili” kafedrasida bir vaqtning o‘zida kabinet mudiri va arab tili o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2012–2016-yillarda mazkur institutida nashriyot-tahririyat bo‘limi musahhihi lavozimida ishlagan.
2016–2017-yillar davomida Toshkent islom universiteti “Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchi-stajori (o‘rindoshlik asosida) lavozimida, 2017–2024-yillarda esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2023-2025 yillarda bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litseyida arab tili o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.
2024–2025-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida mehnat qilgan.
2025 yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar M.M.Kadirova 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistik tahlil, pedagogika sohasidagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
M.M.Kadirova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, M.M.Kadirova xalqaro ta’lim muassalarida malaka oshirgan. M.M.Kadirova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.