Kadirova Madinabonu Turgunovna
Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Kadirova Madinabonu Turgunovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 26 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Olmazor akademik litseyi katta oʻqituvchisi lavozimida boshlagan va faoliyatini shu akademik litseyida katta oʻqituvchisi lavozimida davom ettirgan.
Kadirova Madinabonu Turgunovnaning umumiy ish faoliyati 34 yil, ilmiy va pedagogik ish faoliyati 26 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 7 yil, tanlov asosida o‘tgan lavozimidagi ish faoliyati 3 yil. “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsent lavozimidagi ish staji – 1 yil. Kadirova Madinabonu Turgunovna 2019-yil 03-sentyabrda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2023-yil 2-fevralda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimiga tanlov asosida saylangan. 2024-yil 4-yanvarda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dosent lavozimini bajaruvchisi lavozimiga o‘tkazildi, 2025-yil 4-sentyabrdan Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi kafedra dotsenti lavozimida faoliyat olib borgan.
Shu kunga qadar M.T. Kadirova 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta monografiya, 1 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tili va adabiyoti,arab tili etodikasi hamda islom tarixi va anbashunosligi sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
M.T.Kadirova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
M.T. Kadirova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.