Kirish
Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi

“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Biografiya

Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi Toshkent shahrida 1994-yil 11-iyunda xizmatchi oilasida tug‘ilgan. U 2001-yildan 2006-yilgacha Toshkent shahar Sergeli tumani 304-maktabida tahsil olib, 2006-yildan 2010-yilgacha Toshkent shahar 6-ixtisoslashtirilgan litesey maktabni “a’lo” va “yaxshi’ baholar bilan tamomlagan.

Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi 2013-yil Toshkent Turizm va Biznes kasb-hunar kolleji “Xo‘jalik huquqiy faoliyati” yo‘nalishini “a’lo” baholarga tamomladi. 2013-yildan 2017-yilgacha Toshkent islom universitetining “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishida bakalavr darajasini yaxshi baholar bilan yakunladi.

2017-yildan 2019-yilgacha O‘zbekiston Milliy universitetining “Falsafa tarixi” magistratura mutaxassisligini “a’lo” baholarga tamomladi. Shu yillar davomida Toshkent islom universitetining (2018-yildan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi deb nomlangan) kadrlar bo‘limida xodimlar bo‘yicha muhandis, inspektor lavozimlarida ishlab kelgan. 2019-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasiga o‘qituvchi-stajor lavozimiga ishga qabul qilinib, hozirda akademiyaning “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasida katta o‘qituvchi hamda akademiya mustaqil tadqiqotchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi ishchan, o‘z sohasini yaxshi bilgan namunali hodim, kafedra jamoasi bilan har doim xushmuomila hamda faol tadqiqotchi hisoblanadi. U faoliyati davomida muassasada tashkil etilgan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, targ‘ibot-tashviqot ishlarida namunali ishtirok etib kelmoqda. Sportning volleybol turiga qiziqanligi sababli, akademiya doirasida tashkil etilgan jamoaviy sport kechalarida faol qatnashib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Jumaniyazova Moxira Shuxrat qizi ilmiy-tadqiqot faoliyati doirasida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezis tayyorlab nashr ettirgan. Xususan, tadqiqotchi sifatida “Islom huquqida gender tengligi masalasining falsafiy tahlili” mavzusida PhD ilmiy darajasini olish uchun tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Kontaktlar

Phone +99897 420 34 50 Email m.jumaniyazova@iiau.uz Telegram @BMZARINABONUABULAZIZ Кабинет A bino 209 xona Qabul kunlari Dushanba-Shanba

O‘qituvchi ishlari

19 ish