Ismoilov Muxiddin Baxrom o g li
ZAKT kafedrasi kata o‘qituvchisi
Biografiya
Ismoilov Muxiddin Baxrom o‘g‘li 1996-yil Xorazm viloyati Xonqa tumanida ziyoli oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek.
2015-yilda Urganch shahridagi UrDU qoshidagi 2-akademik litseyni tamomlab, shu yili Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti fizika-matematika fakultetiga talabalikka qabul qilingan. U 2019-yilda ushbu universitetida amaliy matematika yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni, 2021-yilda esa shu universitetning “Matematika (yo’nalishlar bo’yicha)” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani muvaffaqiyatli yakunlaydi. 2021 yilda O‘zbekiston Milliy universitetining “Matematik analiz“ kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ish boshlagan.
2022-yildan 2024-yilgacha O‘zbekiston Milliy universitetida 01.01.01-Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorant bo‘lgan.
2025-yil 12-yanvardan 2025-yil 25-avgustga qadar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti “Matematik analiz” kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlagan.
2025-yil 8-sentabrdan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya-texnologiyalari” kafedrasi kata oʻqituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda