G.Umarova
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent vazifasini bajaruvchi Umarova Gulandom Tumanovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 18 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2008–2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi aspirant (o‘rindoshlik asosida Matbaa va noshirlik KHK o ‘qituvchisi) sifatida boshlagan.
2012-2013 yillar davomida Toshkent xizmat ko ‘rsatish va servis KHK o‘qituvchisi lavozimida, 2013–2018-yillarda esa Toshkent Moliya instituti Iqtisod va moliya fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot” kafedrasida o‘qituvchi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2018-2019-yillar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi kabinet mudiri, 2020-2021-yillar dekanat uslubchisi, 2021-2025-yillar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ish yurituvchisi, katta ilmiy xodim (oʻrindoshlik asosida), lavozimlarida ishlagan. 2025-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi (PhD) dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Shu kunga qadar G.Umarova 100 ga yaqin ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 3 ta uslubiy qo‘llanma, 80 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, mintaqalarni rivojlantirish sohasidagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
G.Umarova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.