Kirish
G'.Mustafoyev
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

G'.Mustafoyev

v/b professor
Iqtisodiyot fanlari doktori

Biografiya

Iqtisodiyot fanlari doktori, v/b professor Mustafoyev G‘olib Sultonmurodovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 18 yillik ish tajribasiga ega. Shundan pedagogik ish staji 11 yilni tashkil etadi.

Pedagogok mehnat faoliyati

2014-2016 y – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistranti

2017-2021 y – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Iqtisodiyot” kafedrasida assistenti

2021-2022 y – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi v/b dotsenti PhD.

2023-2025 y – Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Raqamli iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti PhD.

2025-yilda – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti DSc.

2026-yil 31-yanvardan hozirgi vaqtgacha - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti moliyasi va ziyorat turizmi” kafedrasi DSc professori v/b., lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar G‘.S.Mustafoyev 90 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 4 ta o‘quv qo‘llanma, 90 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

G‘.S.Mustafoyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, G‘.S.Mustafoyev xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, Respublika mahallalarida hokim o‘rinbosarlari hokim yordamchilarini o‘qitish dasturlari, Samarqand viloyati tumanlarining “Ijtimoiy iqtisodiy kompleks rivojlantirish” dasturlarini ishlab chiqishda viloyat ishchi guruhi tarkibida 6 yildan ortiq vaqt faol ishtirok etgan. Shuningdek, Respublikada xotin-qizlar faoli ish samaradorligini oshirishda milliy koordinator sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

G‘.S.Mustafoyev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik ishlarini olib bormoqda.

Kontaktlar

Phone +998915326865 Email gmustafoyev@gmail.com Telegram @gmustafoyev Кабинет 204 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

8 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.