G.Gulyamova
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti
Iqtisodiyot fanlari nomzodi
Biografiya
1. Gulyamova Gulnora Pataxkamalovna 1957-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
2. Ma’lumoti oliy. 1979-yilda Toshkent davlat universitetini tugatgan. Geograf, o‘qituvchi. Diplom raqami: JV I № 192080.
3. 1991-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti huzuridagi D.015.06.01 raqamli Ixtisoslashgan Kengashda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Nomzodlik dissertatsiya mavzusi: “Yirik shahar sanoat majmuasida kichik va o‘rta korxonalar” (“Малые и средные предприятия в промышленном комплексе крупного города”).
Ixtisoslik shifri: 08.00.05 – Xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari iqtisodiyoti, rejalashtirish va boshqarishni tashkil etish (08.00.02 – Makroiqtisodiyot).
Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 13.03.1992-y. Iqtisodiyot fanlar nomzodi. Diplom raqami: КД № 054921.
4. Gulnora Gulyamovaning umumiy ish faoliyati 47 yil, ilmiy va pedagogik ish faoliyati 31 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidagi mehnat faoliyati 9 yil, tanlov yoki shartnoma asosida o‘tgan lavozimidagi ish faoliyati 1 yil. G.Gulyamova mehnat faoliyatini 1979-yilda “O‘qituvchi” nashriyotida muharrir lavozimida boshlagan. 1984-2013-yillar davomida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot institutida katta laborant, ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib lavozimlarida ishlagan. Oliy ta’lim tizimida ish faoliyatini 1997-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘rindoshlik asosida katta o‘qituvchi lavozimida boshlagan. 2013-yil sentabr oyidan boshlab Toshkent islom universitetining “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimiga ishga olingan. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining 2022-yil 14-fevraldagi №02-68-sonli buyrug‘i bilan 2022-yilning 11 fevraldan Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazilgan.
5. Gulnora Gulyamova “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Xalqaro va mintaqaviy turizm”, “Turizm geografiyasi”, “Turizm va demografiya”, “Biznes muloqot”, “Xalqaro investitsion faoliyat” va “Korporativ boshqaruv” fanlaridan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini interfaol metodlardan samarali foydalangan holda olib bormoqda. U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliyot darslarida foydalaniladigan bahs-munozara metodi talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda keys-stadi o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida axborot texnologiyalari va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasining oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.
O‘quv yili davomida rejalashtirilgan ilmiy-uslubiy ishlar tarkibiga kiruvchi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi”, “Xalqaro va mintaqaviy turizm”, “Turizm geografiyasi”, “Turizm va demografiya”, “Biznes muloqot”, “Xalqaro investitsion faoliyat” va “Korporativ boshqaruv” kabi fanlardan ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan, fan namunaviy va ishchi dasturlari tuzilgan, tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda videoma’ruzalar va taqdimot slaydlari tayyorlangan, uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy baholashlar uchun topshiriqlar ishlab chiqilgan.
Oxirgi uch o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlangan guvohnomalar asosida “Turizmda institutsional munosabatlar”, “Turizm menejmentida tizimli tahlil va samarali qarorlar qabul qilish” o‘quv qo‘llanmalari va “Turizm geografiyasi”, darsligi nashr etildi. “Turizmni hududiy tashkil etishning zamonaviy xususiyatlari”, “Turizm sektori raqobatbardoshligi: nazariya va amaliyot” nomli monografiyalarni nashr ettirdi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarga mualliflik guvohnomalari ham berilgan.
G.Gulyamova kafedra ilmiy salohiyatini oshirish, o‘quv jarayonini uslubiyot jihatidan yanada takomillashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashda o‘zi nashr ettirgan, shuningdek, namunaviy fan dasturlariga kiritilgan adabiyotlarni kafedraning pedagoglari tomonidan nashr ettirilishida jonbozlik ko‘rsatmoqda.
U tomonidan yakka mualliflik va hammualliflikda tayyorlangan namunaviy o‘quv dasturlari, o‘quv-tarqatma materiallardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.