Kirish
Gayibova Nargiza Anorbayevna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Gayibova Nargiza Anorbayevna

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti
Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
G‘ayibova Nargiza Anorbayevna

Biografiya

 G‘ayibova Nargiza Anorbayevna 1976-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

 1998-yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi” fakultetini tamomlagan.

N.G‘ayibova 2020-yil 27-fevraldan buyon Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

U 2020-yil 18-yanvarda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.03.2019.Psi.26.02 raqamli ilmiy Kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (Doctor of Philosophy) dissertasiyasini himoya qilgan.

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi: “Turli sibling maqomidagi o‘smirlarning tengdoshlari bilan munosabatlarining ijtimoiy- psixologik xususiyatlari”.

Ixtisoslik shifri: 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya”.

Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 2020-yil 27-fevral, 277/1-son bayonnoma. Diplom raqami 01 №002754.

 G‘ayibova Nargiza Anorbayevnaнинг umumiy ish faoliyati 30 yil, ilmiy va pedogogik ish faoliyati 20 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 6 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

1997-2006 yy. - Toshkent shahar Mirobod tumani 398 - sonli va Sirg‘ali tumani 566 - sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi

2006-2007 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Amaliy psixologiya” fakulteti metodisti

2007-2010 yy. - Respublika “Oila” ilmiy-amaliy Markazi aspiranti

2012-2016 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2016-2017 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2017-2019 yy. - Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi “Psixologiya” o‘quv-ilmiy markazi “Rivojlanish psixologiyasi” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi (o‘rindoshlik asosida “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi)

2019-2020 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2020-2020 yy.- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Psixologiya kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi

2020-2022 yy.- O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022-2023 yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi

2023 – h.v. O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti

  Nargiza G‘ayibova O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi 6 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘quv ishlari bo‘yicha “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida dotsent lavozimida 1 (bir) shtat birligida faoliyat yuritib, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarga o‘zbek tillarida “Oila psixologiyasi”, “Mutaxassislikka kirish”, “Sotsial psixologiya”, “Klinik psixologiya”, “Kognitiv bixevioral terapiya”, “Din psixologiyasi”, “Sotsial-psixologik trening” kabi fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. Fanlarini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, slaydlar va o‘quv filmlaridan foydalanadi.

U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliyot darslarida foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Assisment”, “Suqrot”, “SWOT-tahlil” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda “Case-study” o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasini oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

Kontaktlar

Phone +998974425506 Email ms.gayibova@mail.ru Telegram @gnargiz Кабинет A423 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

12 ish