Kirish
G‘aybullayev Saidahmadxon Samatxonovich (2)
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

G‘aybullayev Saidahmadxon Samatxonovich (2)

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasiga dotsenti
Islomshunoslik fanlari bo'yicha falsafa doktori

Biografiya

Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent G‘aybullayev Saidahmadxon Samatxonovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 11 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2015-2017-yillarda Namangan shahridagi “Hidoya” o’rta maxsus islom bilim yurtida o‘qituvchi sifatida boshlagan. 2017-2019-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi” yo‘nalishi magistratura bosqichida va 2020-2022-yillar davomida “24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot.” Ixtisosligi bo’yicha doktorantura bosiqchida tahsil oldi. Falsafa doktori dissertatsiyasini muddatidan avval muvaffaqiyatli himoya qildi.

2018-2022 yillar Toshkent islom instituti “Tillar” kafedrasida o’qituvchi (o ‘rindoshlik asosida) vazifasida faoliyat olib borgan.

2022 yildan beri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasida katta o’qituvchi va 2025 yilden beri dotsent

lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar I.Bekmirzayev 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor islom manbashunosligi, islomshunoslik va islom huquqi sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

S.G‘aybullayev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, S.G‘aybullayev Respublika doirasidagi ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, Allomalar merosi (medialoyiha) va Imom Buxoriy merosi loyiha dasturida ishtirokchi va eksperti sifatida o‘z hissa qo‘shgan.

S.G‘aybullayev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

10 ish