Ganiyev Avazbek Oybekovich
Islom tarixi va manbashunosligi -IRCICA kafedrasi dotsenti
Islomshunoslik fanlari bo’yicha fan doktori
Biografiya
Islomshunoslik fanlari doktori, dotsent Ganiyev Avazbek Oybekovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 11 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2015-2018 yillarda - Bruney Darussalom Universiteti, Assistent- o'quvchi sifatida boshlagan. 2015-2018 yillarda - Bruney Darussalom Universiteti, PhD- doktoranti.
2018-2019 yillarda - O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yetakchi mutaxassisi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2019-2020 yillarda - O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi, Islomshunoslik va Islom Sivilizatsiyasini o’rganish ISESCO kafedrasi katta o’qituvchisi
2020-2022 yillarda - O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi, Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA kafedrasi katta o‘qituvchisi
2022-2024 yillarda – O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi, Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA kafedrasi v.b. dotsenti
21.10.2024 y - h.v. O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi, Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar A.Ganiyev 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor Islom sivilizatsiyasi olimlari, islom madaniyati, zakot masalalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
A.Ganiyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, 2026 yil aprel oyida A.Ganiyev Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan Government Quality Award (2026) dastirda ekspert sifatida ishtirok etdi.
A.Ganiyev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.