G‘aipnazarov Rahmatilla Rahimbayevich
Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori
Biografiya
Gaipnazarov Raxmatilla Rahimbayevich 1981 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.
2003 yilda Toshkent islom universiteti (kunduzgi), 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining magistraturasi iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan.
2011 yil 18 oktyabrda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy kengashda “Ma’naviy – axloqiy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasida uyg‘unlik” mavzusida 13.00.01 – «Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment» ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasi diplomi 184/1-son bayonnoma bilan 2012 yil 23 fevralda berilgan.
Umumiy ish staji 18 yil. Ilmiy-pedagogik ish staji 17 yil, shu jumladan, Oliy harbiy bojxona institutida ilmiy - pedagogik staji 17 yil 2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda
Ilmiy-pedagogik ish faoliyati davomida pedagogika sohasiga oid 20 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilgan, shulardan, 8 tasi OAK tomonidan maqolalari hisobga olinadigan jurnaldagi ilmiy maqola, 6 ta respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya materiallaridir. Jumladan, uning joriy yili Bojxona ishi tarixi Monografiyasi. Bojxona xodimining kasb madaniyati Darslik. (hammualiflikda). Oliy-ta' lim muassasalarida ma' naviy-ma' riGry ishlar monitoringini takomillashtirishning ilmiyamaliy asoslari 6 ta maqola chet elda nashr etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» PQ-4307-son qaroriga muvofiq «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi munosabati bilan Respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishganligi uchun 09.11.2021 yil “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Shuningdek,Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan “Jadidchilik pedagogikasining zamonaviy ta’limdagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib “Milliy iftixor” nomli esdalik nishoni va maxsus guvohnoma bilan taqdirlandi