Fuzailova Gavhar Siddikovna
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti
тarix fanlari nomzodi
Fuzailova Govxar Siddikovna
Biografiya
Fuzailova Govxar Siddikovna 1982 yilda Toshkent davlat universitetini (kunduzgi boʼlim) “psixolog, oʼqituvchi” mutaxassisligi boʼyicha muvaffaqiyatli tamomlagan. U oʼz mehnat faoliyatini oʼrta taʼlim tizimida boshlab, keyinchalik oliy taʼlim sohasida koʼp yillik samarali ilmiy-pedagogik faoliyat yuritib kelmoqda. Tarix fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega.
G. S. Fuzailova 1989 yildan buyon respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida katta oʼqituvchi, dotsent va kafedra mudiri lavozimlarida masʼuliyat bilan faoliyat koʼrsatgan. Uzoq yillar davomida “Manbashunoslik va tarix oʼqitish metodikasi” hamda “Tarix va ijtimoiy fanlarni oʼqitish metodikasi”,“Tarix oʼqitish metodikasi” kafedralariga rahbarlik qilib, taʼlim sifatini oshirish, zamonaviy oʼquv dasturlarini ishlab chiqish va yosh pedagog kadrlarni tayyorlashga ulkan hissa qoʼshgan.
2016 yildan buyon oʼz faoliyatini Oʼzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida davom ettirib, 2022 yil 1 iyundan boshlab “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti lavozimida samarali mehnat qilmoqda.
G. S. Fuzailova oʼzining chuqur nazariy bilimlari va boy pedagogik tajribasi tufayli dars mashgʼulotlarini yuqori saviyada, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari (keys, loyihaviy va jamoaviy oʼqitish metodlari) asosida tashkil etadi. Uning “Tarbiya fanini oʼqitish metodikasi” va “Tarix oʼqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalar” boʼyicha olib borayotgan maʼruzalari hamda amaliy mashgʼulotlari talabalar va professor-oʼqituvchilar tarkibi tomonidan yuqori baholanadi.
Olima sifatida u taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash va ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʼqitish metodikasini takomillashtirish yoʼnalishida faol ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Koʼplab darsliklar,monografiyalar, oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar, respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar muallifi hisoblanadi. OАK talablariga muvofiq ilmiy ishlar va ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlashda yuqori professionallik namoyish etib kelmoqda.
G. S. Fuzailova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va PhD dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan