Kirish
Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna

FAYZIYEVA MAXBUBAXON RAXIMJONOVNA
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi professori

Biografiya

MAʼLUMOTNOMA

FAYZIYEVA MAHBUBA RAXIMJANOVNA

Fayziyeva Mahbuba Raximjanovna 1999 – 2003 yillar davomida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika-informatika ixtisosligi bо‘yicha tahsil olgan. 2001-2002 yillar “Eng yaxshi talaba” hamda 2002-2003 yillarda “Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi” sovrindori bо‘lgan.

2003-2005 yillar davomida О‘zbekiston Milliy universitetida “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bо‘yicha magistratura bosqichida tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini 2001 yil Shayxontoxur tumani 76-maktabda matematika fani о‘qituvchisi lavozimida boshlagan. 2002-2003 yillar Sergeli politexnika kasb-hunar kolleji informatika fani о‘qituvchisi, 2003-2004 yillar Moliya akademik litseyi informatika fani о‘qituvchisi, 2005 yildan 2015 yilgacha Toshkent davlat pedagogika universiteti Axborot texnologiyalari markazi muhandis dasturchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

2015-2017 yillarda Bosh ilmiy metodik markazning tayanch doktoranturasida tahsil olgan. Shu bilan birga, M.Fayziyeva Bosh ilmiy-metodik markaz, London Metropoliten universiteti, British konsul hamkorligida ishlab chiqilgan rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish о‘quv reja va dasturlari hammuallifi.

2017 yili fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Aripov rahbarligida 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi yо‘nalishi “О‘quv jarayoniga moslashuvchi Web tizimlar” mavzusida bо‘yicha pedagogika fanlari bо‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qilgan. 2021 yilda ushbu yо‘nalish bо‘yicha dotsent, 2022 yilda esa professor ilmiy unvonini olgan.

2023 yilda fizika-matematika fanlari doktori, professor M.Aripov rahbarligida 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi yо‘nalishi “Raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim platformasini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusida pedagogika fanlari doktori(DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Shuningdek, 2012-2019 yillarda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazida Elektron pedagogika, Virtual ta’lim texnologiyalari, Ta’limda ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalari, Raqamli ta’lim texnolgiyalari bloki modullaridan dars bergan.

M.R.Fayziyeva kafedrada o‘qitiladigan “Web dasturlash”, "Axborotni izlash va ajratib olish" “Kiberxavfsizlik siyosati”, “Kiberxavfsizlik asoslari”, “Multimedia injiniringi”, “Multimedia va dizayn” va “Turizmda geoaxborot tizimlari” kabi fanlaridan dars berib kelmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan bir qancha fanlardan ta’lim texnologiyalari, ishchi va fan dasturlarni yaratishda o‘z xissasini qo‘shib kelmoqda.

M.Fayziyeva 2016-2017 yillarga mo‘ljallangan yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy texnika dasturlari, 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadqiqotlar Davlat ilmiy-texnika dasturlari, 2021-2022 yillarda YUNESKO ning “Adaptation and scaling up the approaches to teacher training in Uzbekistan” loyihalari a'zosi sifatida faoliyat olib borgan bo‘lib, uning ilmiy va uslubiy ishlarida olib borgan tadqiqotlari natijalari hamda yaratgan metodik tavsiyalari o‘z aksini topgan. YUNESKO hamda Britaniya elchixonasi kо‘magi asosida tashkil etilgan seminar treninglar moderatori hamda YUNESKOning AKT sohasi bо‘yicha mutaxassisi hisoblanadi.

M.Fayziyeva 110 dan ortiq o‘quv va ilmiy-uslubiy ishlar nashr etilgan. Shundan, 3 ta monografiya, 14 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 6 ta metodik qo‘llanma, va 8 dan ortiq dasturiy mahsulotlar uchun intellektual mulk agentligining guvohnomalarini qо‘lga kiritgan. 80 dan ortiq ilmiy maqola, tezislari Respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallari va amaliy konferensiya to‘plamlarida e’lon qilingan. Shulardan 3 ta o‘quv qo‘llanma uchun o‘quv adabiyotlar grifi, 6 ta darslik uchun mualliflik huquqini tasdiqlovchi sertifikat, 1 ta o‘quv qo‘llanmasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining “Eng yaxshi o‘quv adabiyoti” nominatsiyasi bo‘yicha 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan.

2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi”, 2023 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

2024 yildan xozirga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasida o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kontaktlar

Phone +99871 244 00 42 Email fmahbuba77@gmail.com Telegram @fmahbuba Кабинет 212 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

24 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
10. Fayziyeva 97-99 xalqaro konf
10. Fayziyeva 97-99 xalqaro konf Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
10. Fayziyeva resp konf
10. Fayziyeva resp konf Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
11. Fayziyeva scopus Q1
11. Fayziyeva scopus Q1 Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
12. Fayziyeva, Dottoyev Germaniya konf 490-491
12. Fayziyeva, Dottoyev Germaniya konf 490-491 Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
13. Fayziyeva, Dottoyev Amerika jurnal 1326-1330
13. Fayziyeva, Dottoyev Amerika jurnal 1326-1330 Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
20. Fayziyeva M. Mamajonov, Respublika OAK. 2395-2400c
20. Fayziyeva M. Mamajonov, Respublika OAK. 2395-2400c Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
21. Fayziyeva, Dottoyev OAK.resp
21. Fayziyeva, Dottoyev OAK.resp Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
5. Fayziyeva scopus aplied math
5. Fayziyeva scopus aplied math Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
9. Fayziyeva, Dottoyev resp konf 457-459
9. Fayziyeva, Dottoyev resp konf 457-459 Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Durdona konf
Durdona konf Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva Qochqorova resp maqola
Fayziyeva Qochqorova resp maqola Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva konf resp
Fayziyeva konf resp Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva resp maqola Abduqodirova
Fayziyeva resp maqola Abduqodirova Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva resp maqola Salimova
Fayziyeva resp maqola Salimova Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva scopus nano
Fayziyeva scopus nano Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva xorij maqola Diana bn
Fayziyeva xorij maqola Diana bn Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva xorij maqola
Fayziyeva xorij maqola Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Fayziyeva, Panjiyeva resp maqola
Fayziyeva, Panjiyeva resp maqola Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Resp konf Musurmon bn
Resp konf Musurmon bn Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
konferensiya Maftuna
konferensiya Maftuna Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ
Конференция 20260522 (+)
Конференция 20260522 (+) Fayziyeva Mahbuba Rahimjonovna
0.00 UZ