Kirish
Farfiyev Baxromjon Athamjonovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Farfiyev Baxromjon Athamjonovich

«Din psixologiysi va pedagogika» kafedrasi professori,
sotsiologiya fanlari doktori (DSс).

Biografiya

O‘zbekiston xalqaro isdomshunoslik akademiyasi «Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi professori, sotsiologiya fanlari doktori Farfiev Baxromjon Atxamjonovich
 
  Farfiev B.A. 1989 yilda Toshkent Davlat Universitetining falsafa-iqtisod fakultetini bitirganidan so‘ng ushbu fakultet falsafa kafedrasida o‘qituvchi lavozimida o‘z pedagogik faoliyatini boshladi. Umumiy mehnat staji 48 yil, jumladan pedagogik staji 36 yilni tashkil etadi.

1999 yilning 28 mayida dotsent Ubaydullaeva Raisa Tursunovna rahbarligida «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish jarayonida tafakkur tarzi takomillashishining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari (siyosiy-sotsiologik tahlil)» mavzuida 22.00.05 - Siyosiy sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha mamlakatimizda sotsiologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun ilk dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilgan.

2003 yilning aprel oyida tayyorlagan va nashr etgan bir nechta o‘quv va o‘quv-metodik ishlari, ilmiy maqolalari hamda sermaxsul pedagogik faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi OAK tomonidan sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga munosib ko‘rildi. 2020 yilning 5 dekabar kunida olim «O‘zbekiston ijtimoiy taraqqiyotida islom ratsionalizmi omili» mavzuida 22.00.03 – Ijtimoiy ong va ijtimoiy jarayonlar sotsiologiyasi yo‘nalishida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli tarzda himoya qildi.

Keyingi besh yil davomida 15 ta ilmiy maqola va 2 ta darslik hamda 2 ta o‘quv qo‘llanma (1 tasi hammualliflikda) nashr qildi. Bugungi kungacha u sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha 1 nafar sotsiologiya ixtisosligi bo‘yicha falsa doktori (PhD), o‘nlab magistrlar va bakalavrlarni tayyorladi. Hozirda ham bir nechta bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyalari hamda mustaqil izlanuvchilar ilmiy ishlariga rahbarlik qilmoqda. Farfiev B.A O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2020 yilan beri asosiy shtatda faoliyat olib bormoqda va hozirda akademiyada  tahsil olayotgan talabalarga: sotsiologiya, din sotsiologiyasi, sotsiologik tadqiqqotlar metodikasi kabi fanlardan ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida yuqori saviyadagi mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

O‘zining samarli olib borayotgan ilmiy-padagogik faoliyati uchun u 2000 yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi «Oliy ta’lim a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan

Kontaktlar

Phone +99893 537 13 41 Email farfiev.b@yandex.ru Kabinet A 425 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

10 ish