Kirish
Ergashev G iyosjon Jo rayevich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Ergashev G iyosjon Jo rayevich

dotsent v.b.
texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori

Biografiya

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent v.b. Ergashev G‘iyosjon Jo‘rayevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 15 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini Oliy ta’lim tizimida 2009–2012-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida assistent lavozimida boshlagan. 2012–2013-yillarda mazkur kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib, talabalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, algoritmlar va dasturlash asoslari bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlar berish, o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirish borasida samarali mehnat qilgan.

2013–2014-yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Axborot texnologiyalari” bo‘limida dasturchi sifatida faoliyat olib borgan.

2014–2024-yillar davomida Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Informatika, avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida samarali faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida oliy ta’lim tizimida axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.

2024-2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasida dotsent vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.U o‘quv jarayonini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish hamda talabalarni amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Ilmiy faoliyati davomida axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, matematik modellashtirish, hisoblash usullari hamda ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borgan. U PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lib, hozirgi kunda dotsent vazifasini bajaruvchi sifatida ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirmoqda. Shu kunga qadar G‘.Ergashev 40 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 3 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan.

E.G‘. Ergashev pedagogik faoliyati davomida talabalarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv hamda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning dars mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilib, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, E.G‘. Ergashev o‘zining ilmiy va pedagogik faoliyati orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

8 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.