Kirish
Doniyor Muratov
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Doniyor Muratov

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO kafedrasi dotsenti
tarix fanlari nomzodi

Biografiya

Tarix fanlari nomzodi, dotsent Muratov Doniyor Mahamatvaliyevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 28 yillik ish tajribasiga ega.

Doniyor Muratov 1999-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutini sharqshunos-tarixchi, arab tiliga ega islomshunos mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tugatdi. 1999–2001-yillarda Toshkent Islom universiteti “Dinshunoslik–islomshunoslik” kafedrasida kabinet mudiri, 2001–2007-yillarda shu kafedrada o‘qituvchi, katta o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 2013-yilda Islom tarixi va falsafasi fakulteti dekani muovini, 2013–2014-yillarda “Islomshunoslik” kafedrasi mudiri, 2014–2016-yillarda “Islom tarixi va falsafasi” fakulteti dekani, 2016–2017-yillarda “Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi” bo‘lim boshlig‘i, 2017–2018-yilda “Islomshunoslik” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

D. Muratov dinshunoslik va islomshunoslik yo‘nalishiga oid bilimlarini doimo oshirib boradi. Bunda zamonaviy texnika vositalari – internet tarmog‘i, kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanadi. Ommaviy axborot vositalari bilan muntazam tanishib borib, dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning samarali vositalariga oid ma’lumotlarni kuzatib turadi, ular asosida kundalik fakultet ishlarida hamda ilmiy va pedagogik faoliyatida samarali foydalanishga harakat qiladi.

U o‘z sohasining yetuk mutaxassisi sifatida respublikamiz viloyatlarida xizmat safarlarida bo‘lib, aholining turli qatlamlari, ayniqsa yoshlar orasida ma’rifiy-diniy mavzularda suhbatlar o‘tkazadi. Ayniqsa, 2026-yilda Respublikada tashkil etilgan Diniy sohada qaytaruv guruhlarida faoliyat yuritgan.

D. Muratov pedagogik va ilmiy faoliyatni uyg‘unlashtirgan holda olib bormoqda. U bakalavrlarga “Hadisshunoslik”, “Hanafiy mazhabiga oid hadis matnlari”, “Hadislarda tarixiy voqealar”, “Tafsir matnlari”, “Qur’onshunoslik”, magistrantlarga esa “Hadisshunoslikning zamonaviy masalalari” kabi fanlardan saboq berib keladi.

2005-yilda Qozon davlat universiteti (Rossiya) va Qirg‘iz milliy universitetlarida “Islomni Yevroosiyoda o‘qitish” mavzusida hamda 2006-yilda Vashington universiteti (AQSh)da “Dinlarni qiyosiy o‘rganish” kabi grantlarda ishtirok etib, malaka oshirib qaytdi. Shu bilan birga, universitetning chet eldagi mavqeini oshirishga munosib hissa qo‘shgan.

D. Muratov o‘z ilmiy salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. Uning yuzdan ortiq ilmiy maqolalari, “Hadisshunoslik atama va iboralari”, “Hadisshunoslik”, “Hadisshunoslik I”, “Hadisshunoslik II”, “Jarh va ta’dil” nomli kitoblari hamda “Abdulloh Subazmuniy va uning «Kashf al-osor» asari” monografiyasi kabi bir qancha kitoblari nashr qilingan.

D. Muratov rahbarligidagi talabalar 2005, 2006, 2009, 2010, 2013 va 2015-yillarda “Dinshunoslik” Respublika fan olimpiadasida birinchi o‘rinlarni olgan. Shuningdek, 3 nafar talaba Imom Buxoriy nomidagi davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan. Uning rahbarligida 30 dan ortiq magistrlik dissertatsiyasi va 40 dan ortiq bitiruv malakaviy ishlari tayyorlangan. Shuningdek, uning rahbarligida 1 nafar shogirdi PhD darajasiga ega bo‘lgan.

O‘qituvchi ishlari

34 ish
1 maqolaTermiziy maqola3333
1 maqolaTermiziy maqola3333 Doniyor Muratov
0.00 UZ
2025 1-son Islom marifati maqola
2025 1-son Islom marifati maqola Doniyor Muratov
0.00 UZ
2maqolaD Muratov journal Moturidiylik 3-son
2maqolaD Muratov journal Moturidiylik 3-son Doniyor Muratov
0.00 UZ
ABOUT ANIMALS MENTIONED IN THE QURAN
ABOUT ANIMALS MENTIONED IN THE QURAN Doniyor Muratov
0.00 UZ
Arbain Moturidiylik OAK
Arbain Moturidiylik OAK Doniyor Muratov
0.00 UZ
Bux Qissa janr
Bux Qissa janr Doniyor Muratov
0.00 UZ
Dinshunoslik
Dinshunoslik Doniyor Muratov
0.00 UZ
Dinw Sahih toplam
Dinw Sahih toplam Doniyor Muratov
0.00 UZ
Hadis Sharh IS.TAFAKK ozi
Hadis Sharh IS.TAFAKK ozi Doniyor Muratov
0.00 UZ
Hadis tushunish 1son is.tafakkuri1
Hadis tushunish 1son is.tafakkuri1 Doniyor Muratov
0.00 UZ
Hadisda qissa
Hadisda qissa Doniyor Muratov
0.00 UZ
Hadislarda tarbiya TeziS
Hadislarda tarbiya TeziS Doniyor Muratov
0.00 UZ
Hadislarda yashash motiv TeziS
Hadislarda yashash motiv TeziS Doniyor Muratov
0.00 UZ
IBS jurnali №3 2023 Doniyor MURATOV
IBS jurnali №3 2023 Doniyor MURATOV Doniyor Muratov
0.00 UZ
Ibn Manda tezis
Ibn Manda tezis Doniyor Muratov
0.00 UZ
Islom tafakkuri Sub musnadi
Islom tafakkuri Sub musnadi Doniyor Muratov
0.00 UZ
Laqab 45-48
Laqab 45-48 Doniyor Muratov
0.00 UZ
Mustadrak mustaxraj asarlar
Mustadrak mustaxraj asarlar Doniyor Muratov
0.00 UZ
Muxadram 2022 3son ziyosi
Muxadram 2022 3son ziyosi Doniyor Muratov
0.00 UZ
Quronda hayvon 2021 isl ziyo maqola
Quronda hayvon 2021 isl ziyo maqola Doniyor Muratov
0.00 UZ
Roviylarga asarlar Islom Ziyyosi 2025 2
Roviylarga asarlar Islom Ziyyosi 2025 2 Doniyor Muratov
0.00 UZ
Sahoba sahifasi toplam
Sahoba sahifasi toplam Doniyor Muratov
0.00 UZ
Subazmuniy maxsus son1
Subazmuniy maxsus son1 Doniyor Muratov
0.00 UZ
Sunan Buxoriy Saboq
Sunan Buxoriy Saboq Doniyor Muratov
0.00 UZ
Tobeiy 2025.3.OAK
Tobeiy 2025.3.OAK Doniyor Muratov
0.00 UZ
Zujaja Islomtafakkuri maqolam
Zujaja Islomtafakkuri maqolam Doniyor Muratov
0.00 UZ