Djalalova Sayyora Mirxaydarovna
O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
O’zbtk va xorijiy tillar kafedrasi dots.v.b. p.f.b.f.d. PhD
Biografiya
Tarjimai hol
Men, Djalalova Sayyora Mirxaydarovna 1962 yil 16 mayda Toshkent shahrida tavallud topganman. 1969-yil Toshkent shahridagi 144- maktabning 1-sinfiga qabul qilindim. 1979-yilda ushbu maktabning 10 sinfini oltin medalь bilan imtiyozli bitirdim. 1980-1985 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Rus filologiyasi” fakulьtetida tahsil oldib, imtiyozli diplom bilan muvaffaqqiyatli tamomladim va filolog, o‘qituvchi darajasini oldim.
1985-86 yillarda Toshkent shahridagi № 73 maktabda o‘qituvchi, 1986-1990 yillarda Toshkent Davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasida assistent, 1991-1999 yillarda O‘zbekiston davlat Jahon tillari Universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishladim. 2000-2017 o‘quv yillarida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritganman. TDIUda ishlash bilan birgalikda “Menejment” mutaxassisligi bo‘yicha ikkinchi taʼlim oldim.
2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼdod” fondida malaka oshirdim, Milliy Universitet qoshidagi Oliy pedagogika intitutida “Pedagogika va psixologiya” kursi bo‘yicha qayta tayyorlovdan o‘tdim.
2017 yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Ozbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi dots.v.b. p.f.b.f.d. PhD lavozimida ishlab kelmoqdaman.