Daminov Baxrom Zokirovich
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Daminov Baxromjon Zakirdjanovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 15 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2004-2005 yilda Alisher Navoiy nomli nafis san’at liseyi o‘qituvchisi o‘qituvchisifatida faoliyat yuritgan. 2018-2019 yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi sharq filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, 2019 y.-2022 yy - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi o‘qituvchisi, 2025-hozirgi kungacha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Аrab tili va adabiyoti al-Аzhar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.
Shu kunga qadar B. Daminov 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta uslubiy qo‘llanma hamda 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor lingvistik tahlil, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
B. Daminov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, B. Daminov CEFR C1 va xalqaro at-Tanalning C2 daraja til sertifikatlariga ega. BMB agentligida ekspert, qator ilmiy-amaliy anjumanlar va forumlarda tarjimon sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilingan.