Kirish
Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich

DADAMUHAMEDOV ALIMJON IRGASHEVICH
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta oʻqituvchisi

Biografiya

MAʼLUMOTNOMA

DADAMUXAMEDOV ALIMJON IRGASHEVICH

Katta o’qituvchi Dadamuxamedov Alimjon Irgashevich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 16 yillik ish tajribasiga ega.

1999–2003-yillarda Toshkent islom universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olib, oliy ta’limning asosiy dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan.

2003–2006-yillarda mazkur universitetning sirtqi magistratura yo‘nalishida tahsil olib, sohaviy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirgan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda Toshkent islom universiteti Axborot-texnik ta’minot bo‘limida 1-toifali mutaxassis lavozimida boshlab, 2005-yilgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan shug‘ullangan.

2005–2006-yillarda universitetning Axborot-texnik ta’minot bo‘limida test nazoratchisi sifatida faoliyat yuritib, test sinovlarini tashkil etish hamda ularning texnik jihatdan sifatli o‘tkazilishini ta’minlash vazifalarini bajargan.

2006–2012-yillarda ushbu bo‘limda 1-toifali dasturchi-muhandis lavozimida ishlab, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimlarini takomillashtirish hamda ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash bilan shug‘ullangan.

2012–2015-yillarda Toshkent islom universiteti Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasida o‘qituvchi sifatida pedagogik faoliyat olib borib, talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar bergan.

2015–2018-yillarda mazkur kafedrada katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim jarayonini takomillashtirish, o‘quv-uslubiy materiallar yaratish hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan.

2018-yildan hozirgi kunga qadar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasida katta o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritib, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish hamda ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari yo‘nalishlarida samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tomonidan respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan 80 ga yaqin ilmiy maqola va tezislar, 4 ta darslik, 8 ta o‘quv qo‘llanma hamda 3 ta monografiya nashr etilgan. Mazkur ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarda axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot, raqamli ta’lim muhitlari, axborot xavfsizligi hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari yoritilgan. Uning ilmiy va uslubiy ishlari oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Kontaktlar

Phone +99871 244 00 42 Email a.dadamuxamedov@iiau.uz Telegram @ABCDFSup Кабинет 212 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

14 ish