Kirish
Burgutxonov
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Burgutxonov

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi o‘qituvchisi

Biografiya

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO”

kafedrasi o‘qituvchisi Burgutxonov Saidumarxon Sirojiddin o‘g‘lining o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyati to‘g‘risida

HISOBOT

Burgutxonov Saidumarxon Sirojiddin o‘g‘li, 1998-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 2021-yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2023-yil O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan.

Umumiy ish staji – 2 yil, ilmiy-pedagogik ish staji – 2 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

– 2017-2021-yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi;

– 2021-2023-yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti;

– 2023-2025-yy. - Toshkent davlat transport universiteti “Iijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti;

– 2023-2025-yy. - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchi-stajyori (o‘rindoshlik asosida);

– 2025 y. – h.v. - O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi o‘qituvchisi.

2 yillik pedagogik faoliyati davomida Burgutxonov Saidumarxon “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Din va bioetika”, “Sharq musulmon dinshunosligi”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlaridan seminar mashg‘ulotlarini interfaol metodlardan samarali foydalangan holda olib bormoqda. S.Burgutxonov tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha amaliy darslarda foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Assisment”, “Suqrot” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Darslarda “case-study” o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasining oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

O‘quv ishlari bo‘yicha “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasida o‘qituvchi lavozimida 1.0 shtat birligida faoliyat yuritib, “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Din va bioetika”, “Sharq musulmon dinshunosligi”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” fanlaridan seminar mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

O‘quv yili davomida S.Burgutxonov shaxsiy ish rejasida rejalashtirilgan ilmiy-uslubiy ishlar tarkibiga kiruvchi “Dinshunoslik”, “Dinshunoslikka kirish”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish asoslari”, “Fan va din”, “Dinlardagi oqimlar va sektalar”, “Islom falsafasi”, “Diniy manbalarni qiyosiy o‘rganish”, “Din va bioetika”, “Sharq musulmon dinshunosligi”, “Qiyosiy dinshunoslik”, “Ibtidoiy dinlar va mifologiya”, “Jahon dinshunosligi”, “Dunyo dinlari tarixi” kabi fanlardan ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan, fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari tuzilgan, tegishli dasturlaridan foydalangan holda videoma’ruzalar va taqdimot slaydlari tayyorlangan, uslubiy ko‘rsatmalar va nazorat savollari (testlar, glossariy), oraliq va yakuniy nazorat savollari ishlab chiqilgan.

Ilmiy tadqiqot ishlarida faol. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida dunyoda keng tarqalgan 11 ta diniy ta’limotdan 8 tasi (zardushtiylik, buddaviylik, hinduiylik, jayniylik, sikxiylik, konfutsiylik, daolik, sintoiylik) bo‘yicha monografiyalarni mualliflar jamoasi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlab, kitobxonlar va keng jamoatchilikka taqdim etgan.

Har yili kafedra mas’uliyatidagi “Dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika va “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik – jamiyat barqarorligi garovi” nomli xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil qilishda faol qatnashadi.

Oxirgi uch o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan guvohnoma asosida “Qiyosiy dinshunoslik” mavzusida o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Dinlar tarixi, ta’limoti, manbalari va an’analarini tadqiq etish asosida “Dunyo dinlari” elektron dasturi va mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida “Jahon dinlari: ISLOM tarixi, ta’limoti, manbalari, an’analari” nomli monografiya nashr ettirdi.

Jamoada o‘tkazilgan anketa va sotsiologik so‘rovnomalarda uning pedagogik faoliyatiga ijobiy baho berilgan.

S.Burgutxonov pedagogik faoliyati bilan birga ma’naviy-ma’rifiy sohada ham samarali faoliyat olib bormoqda. Jumladan, 2023-2024-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Dinlar ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarligida tashkil qilingan qator ma’naviy tadbir va davra suhbatlarida ishtirok etdi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “Ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” shiori ostida tashkil qilingan seminarlarda oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida ekstremizmga berilishning oldini olish hamda ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirishga qaratilgan mavzularda mashg‘ulotlar olib bordi.

2023-2024-o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarligida Toshkent shahri va viloyatlaridagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Jaholatga – qarshi ma’rifat” tadbirlar silsilasida faol ishtirok etdi.

2024-2025-o‘quv yilida ham talabgor ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar faol ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litsey, Akademiya Talabalar turar joyi, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi “Yangiyo‘l Porloq Agro” MCHJ hamda “Zari Lagist” MCHJ, Shoralisoy MFY, Markaz MFY., Ozod MFY, Ibrat MFY, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi”, Tuman tibbiyot markazi, 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda Chinoz tumani Do‘stlik MFY hududida joylashgan 16- va 17-son umumta’lim maktablarida tashkil qilingan davra suhbatlarida “Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash shakllanishida dinning o‘rni”, “O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari”, “Din niqobidagi tahdidlardan ogohlik”, “Internetda tarqalayotgan diniy niqobdagi zararli chaqiriqlardan ogohlik”, “Islom dinining insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish, vijdon erkinligi va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalari”, “Diniylik va dunyoviylik tushunchalari mohiyati”, “Ta’lim tizimida dunyoviylik prinsipi mazmun-mohiyati” kabi mavzularda ma’naviy-ma’rifiy, profilaktik tadbir va suhbatlar o‘tkazdi.

Burgutxonov Saidumarxon, shuningdek, talabalar orasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Bilimdon dinishunos” intellektual tanlovi, “Diniy bag‘rikenglik — tinchlik va taraqqiyot asosi” nomli insholar tanlovi, “Dinlararo muloqot — bag‘rikenglik va hamkorlik omili”, “Sog‘lom e’tiqod va hamjihatlik – insoniy birodarlik asosi” nomli ijodiy ishlar tanlovi, “Onlayn zakovat” hamda “Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik tanlovini tashkil qilishda faol ishtirok etdi.

S.Burgutxonov “ustoz-shogird” tizimini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jumladan, hozirda qadar uning ilmiy rahbarligida 4 nafar bakalavriat bosqichi talabalari maqolalar nashr ettirdi.

2010-yil 23-sentabrda Iordaniya Qiroli Abdulloh II tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 65-sessiyasida ta’sis etilgan “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi” g‘olibiga beriladi. Ushbu haftalik har yili fevral oyining birinchi haftasida butun dunyo bo‘ylab keng miqyosda tashkil etiladi. 2025-yilda ushbu haftalik doirasida, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan joriy yilning 4-8-fevral kunlari “Insoniy birodarlik va dinlararo muloqot – xalqaro hamjihatlik omili” shiori ostida ilmiy, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari yuqori saviyada tashkil etildi. Akademiyada o‘tkazilgan mazkur haftalik Podshoh Abdulloh II nomidagi “Jahon dinlararo hamjihatlik haftaligi – 2025” mukofotiga loyiq deb topildi. S.Burgutxonov ushbu haftalik doirasida faol ishtirok etdi.

Shuningdek, S.Burgutxonov jamoatchilik asosida Toshkent davlat transport universiteti “Iijtimoiy fanlar” kafedrasining “Chorraha” ilmiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi sanaladi.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

6 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.