Kirish
Bo'riyev Jaloliddin Aliqulovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Bo'riyev Jaloliddin Aliqulovich

Akademiya Kengashi kotibi, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD

Biografiya

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiyasi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Bo‘riyev Jaloliddin Aliqulovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 25 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2001-2002-yillarda Kitob tuman “Xoja Buxoriy” islom bilim yurti o‘qituvchiligidan boshlagan. 2002-2010-yillarda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Kitob tuman bo‘limi Kengashi raisi bo‘lgan. 2011-2019-yillarda Kitob uy-joy qurilish va kommunal xo‘jalik kasb-xunar kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2019-2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi, 2021-2023-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, 2024-yildan hozirgacha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Kengashi kotibi hamda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yurityapti.

Shu kunga qadar J.Bo‘riyev 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tili klassik grammatikasi, arab tili amaliy grammatikasi va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

J.Bo‘riyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, J.Bo‘riyev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +99891 320 85 45 Email e-mail: burievjaloliddin@gmail.com Telegram : Bo‘riyev Jaloliddin Kabinet 129 Qabul kunlari Dushanba-Shanba

O‘qituvchi ishlari

10 ish