Kirish
B.Esonboyev
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

B.Esonboyev

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi stajyo‘r-o‘qituvchisi

Biografiya

Esonboyev Baxodir Bakir o‘g‘li oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida shakllanayotgan yosh mutaxassis, istiqbolli tadqiqotchi hisoblanadi.

2023-2024-yillar oralig‘ida QS-reytingida top 1000 talik universitetlaridan biri bo‘lgan Angliya davlatinning London shahrida joylashgan University of East London, Sharqiy London universiteti MBA (Project management in tourism) yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2019-yil sentyabr oyidan “ZiyaraTour” tur agentligi menejeri lavozimidan boshlagan vas hu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.

2025-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasida stajyor-o‘qituvchi sifatida boshlagan va hozirda mazkur kafedrada o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Baxodir Esonboyev yosh bo‘lishiga qaramay, ilmiy-pedagogik faoliyatga zamonaviy yondashuvlar va yangicha intilishlar bilan qadam qo‘ygan. Kafedradagi faoliyati davomida talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, talabalar uchun amaliy yo‘naltirilgan va qiziqarli dars mashg‘ulotlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Hozirgi kunda u pedagogik faoliyat bilan bir qatorda mustaqil ilmiy izlanishlarni ham olib bormoqda. Uning ilmiy tadqiqotlaridagi asosiy e’tibor O‘zbekiston turizm industriyasi rivojlanishining baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish mexanizmlari hamda turizm sohasida inson resurslarini optimallashtirish masalalariga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda olib borayotgan tadqiqot ishlari mamlakatimiz turizm salohiyatini oshirish va iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqotchi o‘z ilmiy izlanishlari natijalari bilan respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy-amaliy konferensiyalarda, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda maqola va tezislari bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

Baxodir Esonboyev o‘z ustida doimiy ishlaydigan, xalqaro tajribalarni o‘rganishga intiluvchan hamda kelajakda iqtisodiyot va turizm sohasida yuqori malakali mutaxassis va yetuk olim bo‘lib yetishishni maqsad qilgan intizomli va tashabbuskor yosh kadrlardan biridir.

O‘qituvchi ishlari

13 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.