Berdiyev Bektosh Oxnorovich
Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri
Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori, dotsent
Biografiya
Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Berdiyev Bektosh Oxnorovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 24 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2003–200-68-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi aspiranti boshlagan. 207-2012-yillarda mazkur akademiyada turli lavozimlarda ishlagan.
2012–2015-yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida katta o‘qituvchi lavozimida, 2016–2017-yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi o‘rinbosari, 201-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri yordamchisi2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig‘ lavozimlarida ishlagan.
2020-2025-yillarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti, 2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro munosabatlar kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar B.Berdiyev 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
B.Berdiyev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, B.Berdiey xalqaro va mahalliy ilmiy loyihalarda, shuningdek, ko‘plab Media loyihalarda ekspert sifatida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, O‘zA, OzMTRK, Zo’r TV, MY telekanallari, Kun.uz, Fikrat tahliliy dasturlarining diomiy eksperti hisoblanadi.
B.Berdiyev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik va PhD dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilinmoqda.