Berdimurodov Mansur Alisherovich
“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsent v.b.
Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Berdimurodov Mansur Alisherovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 7 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2019-2020 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Axborot xavfsizligi” kafedrasida o‘qituvchi sifatida boshlangan. 2020–2022-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti “Axborot xavfsizligi” kafedrasida tayanch doktorant (o‘rindoshlik asosida o‘qituvchi) sifatida faoliyatida davom ettirgan. 2022–2023-yillarda mazkur kafedrada o‘qituvchi lavozimida ishlagan.
2023–2024-yillar davomida Toshkent Perfect university “Raqamli texnologiyalari” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlagan.
2024-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi bo‘lib faoliyat yuritmoqda.
Shu kunga qadar M.Berdimurodov 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 90 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor kriptografiya, kriptotahlil, IoT qurulmalarida axborot xavfsizligi va diskret matematika sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
M.Berdimurodov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.