Batirova Nilufar Sherkulovna
Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi mudiri
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori
Biografiya
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Batirova Nilufar sherkulovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 18 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2008 yilda Toshkent islom universitetida Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasida kabinet mudiri sifatida boshlagan. 2008–2010-yillarda mazkur kafedrada assistent lavozimida ishlagan. 2010–2012-yillar davomida ushbu kafedrada o‘qituvchi lavozimida, 2012–2018-yillarda esa katta o‘qituvchi sifatida samarali faoliyat yuritgan. 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ish boshladi.
2023–2026-yillarda ushbu kafedrada dotsent lavozimida mehnat qilgan.
2026 yildan boshlab Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlamoqda.
Shu kunga qadar N.Sh.Batirova 220 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 4 ta monografiya, 2 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
N.Sh.Batirova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, N.Batirova xalqaro ta’lim va ilmiy loyihalar yo‘nalishida ham faoliyat yuritib, Erasmus+ dasturi asosida Istanbul universitetida 2023 yilda ma’ruza o‘qigan. Ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.