A.Xudoyarov
О‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi. “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi “ kafedrasi professori
Biografiya
Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xudoyarov Anvar Aidjanovich. Umumiy mexnat faoliyati bo‘yicha 45 yillik mexnat tajribasiga ega. 1962 yil 1 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1969-1979 yy. Toshkent shahar Michurin nomli 112-o‘rta maktabda o‘qidi va uni imtiyozli atestat bilan tamomlagan.
1980-1982 yillarda muddavtli xarbiy xizmatda bo‘lgan.( Xarbiy xavo kuchlari. Kavkaz orti xarbiy okrugi. GruziY.) 1983-1989 yy. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutida o‘qidi va imtiyozli diplom bilan oliy ma’lumotli jarajaga ega bo‘ldi.
1989-1995 yillar davomida “O‘zbekneftgaz” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati bosh muxandisi lavozimida faoliyat olib bordi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni takomillashtirishda yetakchi o‘rinlarini egalladi.1995-1999 yillar davomida “Buyuk Turon Diyori” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida faoliyat yurgazdi. O‘zbekiston respublikasi tadbirkorlar palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida taxsil olishga tavsiyasiya etildi.
1999-2000 yy. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi.(Bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoillari)
2000- 2018 yilga qadar Toshkent islom universitetida kafedra dotsenti, fakultet dekani, Toshkent islom universitetini rivojlantirish jamg‘armasi ijrochi direktori, Toshkent islom universitetining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimlarida faoliyat olib bordi.
2005 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi “Istedod” jamg‘armasi sovrindori sifatida Daniya qilolligining Arxus universitetida ta’lim menejmenti yo‘nalishida malaka oshirgan.
2018 yildan 2025 yilga qadar Xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti lavozimida, 2025 yildan bugungi kunga qadar “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedra professori v.b. lavozimida faoliyat olib bormoqda.