Kirish
Axmedova Xolisxon Ilxomovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Axmedova Xolisxon Ilxomovna

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi
Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori

Biografiya

Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, Axmedova Xolisxon Ilxomovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 11 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2016–2018-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti Matematik modellashtirish va informatika kafedrasida kabinet mudirasi (o‘rindoshlik asosida assistent) sifatida boshlagan.

2018–2019-yillar davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti qoshidagi akademik litseyi Aniq fanlar kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimida, 2019–2020-yillarda esa Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2021-2023-yilda ushbu universitetning tayanch doktoranti sifatida ilmiy faoliyatini olib bosib, 2023-yil dekabr oyida 01.05.10- “Axborot tizimlari va jarayonlari” ixtisosligi bo‘yicha PhD ishini himoya qilgan. 2024–2025-yillarda shu universitetning Raqamli texnologiyalar va kompyuter lingvistikasi kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasining katta o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar X. Axmedovaning 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor NLP, Axborot tizimlari va jarayonlarini modellashtirish, Mashinali o’qitish va Sun’iy intellekt sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

X.Axmedova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

X.Axmedova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

13 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.