Kirish
Axmedov Burxoniddin Abduraxmonovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Axmedov Burxoniddin Abduraxmonovich

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dotsenti Islomshunoslik fanlari bo`yicha falsafa doktori

Biografiya

Islomshunoslik fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent Axmedov Burxoniddin Abduraxmonovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 24 yillik ish tajribasiga ega. Mehnat faoliyatini 2002-yilda Toshkent islom universiteti islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi ilmiy xodimi sifatida boshlagan. 2008-2011-yillar Toshkent islom universiteti Manbalar xazinasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2011-2016-yillarda Toshkent islom universiteti Manbalar xazinasi mudiri lavozimida,
2016-2017-yillar Toshkent islom universiteti islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi Qur’onni o‘rganish (tafsir) bo‘limi katta ilmiy xodimi, 2017-2020-yillar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi manbalar xazinasi mudiri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar B.Axmedov 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

B.Axmedov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga “Qur’onshunoslik”, “Qur’on hukmlari”, “Aqidaviy oyatlar tahlili”, “Fiqhiy oyatlar tahlili”, “Zamonaviy fiqhiy masalalar”, “Sahihi Buxoriy”, “Sahihi Muslim”, “Ahkomul hadis”, “Hanafiy mazhabiga oid hadis matnlari” kabi fanlardan dars berdi hamda ushbu fanlarning talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, slaydlar va videodarslardan foydalandi.

B.Axmedovning mas’ulligida akademiya, fakultet, kafedra miqyosida o‘quv, o‘quv-uslubiy, innovasion loyihalar amalga oshirilgan. Akademiyadagi majlislarida, o‘quv-uslubiy tadbirlarida o‘z fikrlarini bayon etgan ma’ruzalari bilan faol qatnashib, muassasaning mazkur jabhadagi ish samaradorgini oshirishga xulosa va takliflari bilan xissa qo‘shib kelmoqda.

B.Axmedov o‘z pedagogik faoliyati davomida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari hujjatlarining shakllanishida o‘z xissasini qo‘shib kelgan.

B.Axmedov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr va magistrlik ilmiy ishlari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Kontaktlar

Phone +99890 317 52 52 Email b.axmedov@iiau.uz Telegram @burhanazhariy Ish kunlari Dushanba-Juma Ish vaqti 08:00 dan 16:00 gacha

O‘qituvchi ishlari

9 ish