Askarov Abdurashid Murodjonovic
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD)
Biografiya
“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, filologiyasi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD Askarov Abdurashid Murodjonovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 12 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2014-2015-yillarda Toshkent shahar Olmazor tumani Aniq fanlarga ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabi o‘o‘qituvchiligidan boshlagan. 2017-2018-yillarda Toshkent islom universiteti Sharq tillari kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi bo‘lgan. 2018-2021-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti, shu bilan birga O‘zXIA Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi(ichki o‘rindosh) bo‘lgan. 2023-2024-yillarda O‘zXIA Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi o‘qituvchisi va katta o‘qituvchisi, 2024-2025-yillarda O‘zXIA Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsent v.b, 2025-yildan hozirgacha O‘zXIA Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsent lavozimida faoliyat yurityapti.
Shu kunga qadar A.Askarov 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tili balog‘ati, arab tili klassik grammatikasi, arab tili amaliy grammatikasi va boshqa bir qator sohalardagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
A.Askarov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, A.Askarov ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator bakalavr bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.