Aripova Zuxra Djaxangirovna
Mumtoz sharq filologiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor v.b., tarix fanlari doktori (DSc)
Biografiya
Tarix fanlari doktori (DSc), professor v.b. Aripova Zuxra Djaxangirovna umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 21 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini Oliy ta’lim tizimida ish faoliyatini 1992-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti kechki bo‘lim dekanati kotiba-mashinistka lavozimida boshlagan va faoliyatini shu instituti sirtqi bo‘lim dekanati inspektori lavozimida davom ettirgan.
Aripova Zuxra Djaxangirovnaning umumiy ish faoliyati 34 yil, ilmiy va pedagogik ish faoliyati 21 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 24 yil, tanlov asosida o‘tgan lavozimidagi ish faoliyati 2 yil. “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori vazifasini bajaruvchi lavozimidagi ish staji – 2 yil. 2002-yildan Toshkent islom universiteti “Sharq tillari” kafedrasi kabinet mudiri (o‘rindoshlik asosida arab tili o‘qituvchisi), 2005-2009-yillar mobaynida bu universitet “Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, 2010-2011-yillar oralig‘ida dotsenti vazifasini bajaruvchisi, 2011-2018-yillar davomida shu kafedra mudiri, 2018-2019-yillar oralig‘ida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Sharq filologiyasi” kafedrasi mudiri, 2019-2023 yillar mobaynida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi dotsenti, 2023-2024-o‘quv yilida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri, 2024-yil 9-sentyabrdan Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi kafedra professori vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat olib borgan.
Shu kunga qadar Z.Aripova 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 5 ta monografiya, 4 ta darslik, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 2 ta risola, 150 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor arab tili va adabiyoti,arab tili etodikasi hamda islom tarixi va anbashunosligi sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.
Z.Aripova pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.
Z.Aripova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.