Aripova Kamola Yusupovna
O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD)
Biografiya
Aripova Kamola Yusupovna
Aripova Kamola Yusupovna 1981 yili 13 may kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida ziyolilar honadonida dunyoga keldi. 1998 yili 198-o‘rta maktabini a’lo baholarga bitirib, shu yili O‘zbekiston Davlat Jahon tillari Universitetining “Ingliz tili filologiyasi” fakultetiga o‘qishga kirdi va 2002 yilda tugatib, bakalavr darajasiga ega bo‘lgan. 2011 yilda shu Universitetning magistratura bosqchini tamomladi.
Aripova Kamola o‘z kasbiy faoliyatini 2001 yilda Toshkent shahridagi 153-o‘rta maktabda ingliz tili o‘qituvchisi lavozimida ish boshladi va 2002-2011 yillar davomida 1-Toshkent Pedogogika kollejida ingliz tili o‘ituvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2011 yildan hozirga qadar O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tili fanidan katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi.
Aripova Kamola o‘tgan davr mobaynida ingliz tili darslarini talab darajasida, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘tib kelmoda. Kafedraning o‘quv-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
K. Aripova faoliyati davomida qator davlat grantlari sohibi bo‘lib, bir qator davlatlarda o‘z malakasini oshirgan. Jumladan, 2015 yil avgust oyida K.Aripova (MTCP) Malayziya texnik-hamkorlik dasturi doirasida tashkil etilgan konkursda qatnashib grant sovrindori bo‘ldi va Malayziya Multimediya universitetida o‘z malakasini oshirib qaytdi.
2016 yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti tashabbusi bilan, “Iste’dod” prezident jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi ingliz tili o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaning NILE (Norvich til o‘qitish instituti)ga malaka oshirish uchun yuborildi.
2017 yil Erasmus+ dasturi doirasida expert bo‘lib qatnashish uchun Belgiyaning Brusel shaxrida qisqa muddatli malaka oshirishda qatnashdi va ekspert bo‘lib uch oy davomida dastur loyihasida faoliyat yuritdi.
2018 yil “El-yurt umidi” president jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaning NILE (Norvich til o‘qitish instituti)ga “Teacher training” kursida malaka oshirish uchun yuborildi.
2023 yil 15 avgust kuni Ozarbayjon davlati Baku shaxridagi “Ozarbayjon pedogoglar uyishmasi”da “Zamonaviy pedogogik tehnologiyalarni darsga tadbiq etish” mavzusi asosida mahorat darsini olib bordi.
2024 yil noyabr oyida Hindiston textik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) granti doirasida qisqa muddatli, Chennay shaxridagi NITTT (Texnik o‘qituvchilarni tayyorlash ilmiy tadqiqodlar milliy instituti)da tashkil qilingan bir oylik malaka oshirish kursida ishtirok etdi.
Samarali mehnati va faolligi uchun bir necha marotaba universitet ma'muriyati tomonidan pul mukofatlari, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
Shu kunga qadar K.Aripova muallifligida Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi nashr ruxsatnomasi (grifi) bilan 4 ta o‘quv qo‘llanma va ikkita darslik nashrdan chiqdi.
Dissertant Aripova bugungi kungacha 50dan oshiq ilmiy maqolalar muallifi, xususan tadqiqot ishi doirasida 21 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan OAK jurnallarida 9 ta, xorijiy jurnallarda 8 ta ilmiy maqola, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida 3 ta ilmiy tezis nashr etgan.
Oilali, 2 nafar farzandi bor.
Aripova Kamola Yusupovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun O‘zR OAK talabidagi malakaviy imtihonlarni topshirgan. “Chet tili (fransuz tili)” fanidan 4 (yaxshi), “10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” fanidan mutaxassislik bo‘yicha malaka imtixonidan 3 (qoniqarli) baho olgan.
Dissertatsiyaning ilk muhokamasi 2024-yil 20-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti, Xorijiy filologiya fakulteti, Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik kafedrasida kengaytirilgan kafedralararo kengashning 6 -sonli yig‘ilishida muhokama qilindi.
Kamola Yusupovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Cho‘lponning “kecha va kunduz” romanining ingliz tiliga tarjimasida leksik-stilistik birliklarni ifodalanishi (Kristofer Fort tarjimasi asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ishini himoya qilganman.