Kirish
Akramov Mirmuxsin Rustamovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Akramov Mirmuxsin Rustamovich

“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professori,
psixologiya fanlari doktori (DSc)
Akramov Mirmuxsin Rustamovich

Biografiya

Akramov Mirmuhsin Rustamovich 1983 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek.

2007-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Pedagogika va psixologiya” fakultetini tamomlagan.

M. Akramov 2022-yil 29-dekabrdan buyon Psixologiya fanlari doktori (DSc).

U 2018-yil 1-dekabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc27.06.2017. Psi.02.07 raqamli ilmiy kengashda psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlik (Doctor of Philosophy) dissertasiyasini himoya qilgan.

M. Akramov 2022-yil 10-dekabrda Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.03.2019.Psi.26.02 raqamli ilmiy Kengashda doktorlik (Doctor of Science) dissertasiyasini himoya qilgan.

Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi mavzusi: “Talabalarda ekologik tasavvurlar rivojlanishining psixologik jihatlari”.

Ixtisoslik shifri: 19.00.06 – “Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi”.

Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 2018-yil 29-dekabr, 277/1-son bayonnoma. Diplom raqami 01 №002754.

Psixologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi mavzusi: “Shaxsda ekologik ong shakllanishining psixologik mexanizmlari”.

Ixtisoslik shifri: 19.00.01 – “Psixologiya tarixi va nazariyasi. Shaxs psixologiyasi. Umumiy psixologiya”.

Ilmiy daraja tasdiqlangan sana: 2022-yil 29-dekabr, 330/1-son bayonnoma. Diplom raqami 01 №007239.

M. Akramov Ozarbayjon davlatining Baku davlat universitetida (2021), Rossiya Federatsiyasi, Tataristonning Qozon Federal universitetida (2023), Turkiyaning Istambul Aydin universitetida (2024), Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya universitetida (2025) va Germaniyaning Leybtsig universitetlarida (2026) malaka oshirgan hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan.

 Akramov Mirmuhsin Rustamovichning umumiy ish faoliyati 17 yil, ilmiy va pedogogik ish faoliyati 17 yil, jumladan, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi mehnat faoliyati 6 yil.

Mehnat va ilmiy-pedagogik faoliyatining asosiy bosqichlari:

2009-2010 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti amaliy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2010-2011 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

2011-2015 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti amaliy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi

2015-2017yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy psixologiya kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi

2017-2018 yy. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi tayanch doktoranti

2018-2019 yy - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi PO‘IM shaxs va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi laboratoriyasi mudiri.

2019-2020 yy- Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti «Pedagogika va psixologiya» fakulteti «Psixologiya» kafedrasi dotsenti

2020 y-2020 yy - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi direktori

2020 y-2022 yy - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Din psixologiyasi va pedagogika» kafedrasi katta o‘qituvchisi

2022 y- 2024 yy - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Din psixologiyasi va

pedagogika» kafedrasi dotsenti

2024 y – h.v - O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Din psixologiyasi va

pedagogika» kafedrasi professori

  Akramov Mirmuhsin Rustamovich O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasidagi 6 yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida o‘quv ishlari bo‘yicha “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida professor lavozimida 1 (bir) shtat birligida faoliyat yuritib, bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarga o‘zbek tillarida “Etnopsixologiya”, “Mutaassib shaxs psixologiyasi”, “Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya”, “E’tiqod psixologiyasi”, “Din psixologiyasi”, “Ommaviy kommunikatsiya psixologiyasi”, “Boshqaruv psixologiyasi” kabi fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. Fanlarini talabalar tomonidan samarali o‘zlashtirilishida darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, slaydlar va o‘quv filmlaridan foydalanadi.

U tomonidan yuqoridagi fanlar bo‘yicha ma’ruza va amaliyot darslarida foydalaniladigan “Insert”, “FSMU”, “Tanishuv”, “Assisment”, “Muammo”, “SWOT-tahlil” “O‘yinli texnologiya” metodlari talabalarga mavzuga oid bahsli, tortishuvli muammolarni o‘zaro fikrlashgan holda bayon etishga yordam bermoqda. Shuningdek, darslarda “Case-study” o‘qitish texnologiyasidan foydalanishi talabalarga havola etilgan amaliy muammoli vaziyatlarni mustaqil tahlil va hal etish, bunday amaliy vaziyatdagi faoliyat bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon bermoqda. Bundan tashqari, dars o‘tish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari, audio, video va multimedia vositalaridan samarali foydalanilishi dars saviyasini oshishida ham muhim o‘rin tutmoqda.

Kontaktlar

O‘qituvchi ishlari

13 ish