Kirish
Akramov Jaxongir Djumanazarovich
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Akramov Jaxongir Djumanazarovich

“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti
siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori

Biografiya

Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Akramov Jaxongir Djumanazarovich umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 14 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2010–2012-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomidagi 1-sonli akademik litseyda o‘qituvchi (o‘rindoshlik asosida) sifatida boshlagan.

2012–2017-yillar Namangan Muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida samarali faoliyat yuritgan.

2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti “Boshqaruv psixologiyasi va liderlik” kafedrasi bosh metodisti sifatida ishlagan.

2018–2020-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida tayanch doktoranturada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan.

2021–2023-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Fuqarolik jamiyati va huquq ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib borgan.

2023–2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlagan.

2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti sifatida faoliyat yuritmoqda.

Shu kunga qadar J.Akramov 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor davlat boshqaruvi, xalqaro munosabatlar tarixi va geosiyosat sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

J.Akramov pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

I.Bekmirzayev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

O‘qituvchi ishlari

3 ish
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.
Bu rubrikada hozircha ishlar yo‘q.