Kirish
Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Agzamova Muhabbat Mirtohirovna

Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasi o‘rganish ICESCO kafedrasi mudiri
Agzamova Muhabbat Mirtohirovna

Biografiya

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Agzamova Muhabbat Mirtohirovna 22 yillik umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan malakali mutaxassis, tajribali pedagog va ilmiy tadqiqotchidir. U o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida islomshunoslik, islom tarixi, manbashunoslik hamda diniy-ma’rifiy ta’lim yo‘nalishlarida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

M.M.Agzamova mehnat faoliyatini 2008-yilda Toshkent islom universiteti Islomshunoslik kafedrasida kabinet mudiri lavozimida boshlagan. 2008–2014-yillarda mazkur lavozimda ishlab, kafedraning o‘quv-uslubiy, tashkiliy va ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirishda faol ishtirok etdi. 2014–2016-yillarda Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litseyda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari ijrosini ta’minlash, pedagogik jamoa faoliyatini muvofiqlashtirish kabi masalalarda munosib tajriba orttirdi.

2016–2018-yillarda Toshkent islom universiteti o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni tatbiq etish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish borasida samarali ish olib bordi. 2018-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab, talaba-qizlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatdi.

2018–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i sifatida akademiyada o‘quv jarayonini takomillashtirish, ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish, o‘quv-uslubiy hujjatlar sifatini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar faoliyatini uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlarida faol ishtirok etdi. 2020–2023-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimida ishlab, o‘quv jarayoni, ilmiy tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarda o‘zining kasbiy salohiyatini namoyon etdi.

M.M.Agzamova 2022-yil 11-avgust kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.35/30.12.2019.IsI/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashda “Ibn Jarir at-Tabariyning “Tarix ar-rusul val-muluk” asari – islom tarixini o‘rganish bo‘yicha muhim manba” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mazkur tadqiqot islom tarixshunosligi, xususan, Ibn Jarir at-Tabariyning ilmiy merosi va uning islom tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyatini yoritishga bag‘ishlanganligi bilan muhim ilmiy qiymatga ega.

2024-2025 – yillarda M.M.Agzamova O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib bordi. 2025-yildan hozirgi kunga qadar esa O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedra mudiri sifatida u ta’lim jarayonini sifat jihatidan takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda kafedraning ilmiy-metodik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

M.M.Agzamova shu kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi. Jumladan, uning ilmiy merosi tarkibida 2 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik shuningdek, respublika va xalqaro ilmiy jurnallar hamda konferensiya to‘plamlarida chop etilgan ko‘plab ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ilmiy izlanishlari asosan islom tarixi, islom manbashunosligi, musulmon tarixshunosligi, islom sivilizatsiyasi, diniy-ma’rifiy meros va zamonaviy islomshunoslikning dolzarb masalalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotlarida tarixiy manbalarni ilmiy tahlil qilish, ularning mazmun-mohiyatini ochib berish, islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlash va zamonaviy ilmiy muomalaga kiritish masalalari yetakchi o‘rin tutadi.

M.M.Agzamova tajribali pedagog sifatida “Islomshunoslikka kirish”, “Qur’onshunoslik”, “Hadisshunoslik”, “Aqida”, “Islom manbashunosligi”, “Islomshunoslik” kabi fanlardan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borib kelmoqda. U dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, munozara, tahliliy suhbat, taqdimot va trening mashg‘ulotlaridan samarali foydalanadi. Talabalarda mustaqil fikrlash, manbalar bilan ishlash, ilmiy tahlil qilish va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratadi.

Shu bilan birga, M.M.Agzamova Akademiya hamda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ilmiy-amaliy anjumanlarda, davra suhbatlari va targ‘ibot tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. U jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish borasida ma’ruza va chiqishlari bilan faol qatnashmoqda.

M.M.Agzamova jamoada sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni qaror toptirish, kafedra professor-o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda talabalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat beradi. U ta’lim-tarbiya jarayonining uzviyligini ta’minlash, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, ularni ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

M.M.Agzamova ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator talabalar bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. U yosh tadqiqotchilarga ilmiy mavzu tanlash, manbalar bilan ishlash, tadqiqot metodologiyasini belgilash, ilmiy xulosalarni asoslash va akademik yozuv madaniyatini shakllantirish borasida amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Umuman olganda, M.M.Agzamova o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, tashkilotchilik salohiyati, ilmiy izlanishlari, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan hissasi hamda islomshunoslik sohasidagi samarali mehnati bilan ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan malakali mutaxassislardan biridir.

Kontaktlar

Phone +998977077302 Email ag.muhabbat@mail.ru Telegram @M_M_M_1909 Кабинет 127 Qabul kunlari Seshanba-Payshanba

O‘qituvchi ishlari

32 ish
1. Islom ma`rifati 01 2025 M.Agzamova (2)
1. Islom ma`rifati 01 2025 M.Agzamova (2) Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
Ensiklopediya Azm
Ensiklopediya Azm Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
Ensiklopediya Azoyim
Ensiklopediya Azoyim Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
Ensiklopediya Azra'iy
Ensiklopediya Azra'iy Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
Ensiklopediya Aza
Ensiklopediya Aza Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M. Agzamova Moturidiy
M. Agzamova Moturidiy Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova 2024-3
M.Agzamova 2024-3 Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova INTERNATIONAL JOURNAL
M.Agzamova INTERNATIONAL JOURNAL Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Islom tafakkuri
M.Agzamova Islom tafakkuri Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Islom ziyosi
M.Agzamova Islom ziyosi Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Scopus
M.Agzamova Scopus Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Shialik
M.Agzamova Shialik Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Tarix Tabariy
M.Agzamova Tarix Tabariy Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova XOAK
M.Agzamova XOAK Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.Agzamova Islom ma`rifati 01 2026
M.Agzamova Islom ma`rifati 01 2026 Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
M.АГЗАМОВА Imom Buxoriy
M.АГЗАМОВА Imom Buxoriy Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ
М.Agzamova Moturidiy 2024-4
М.Agzamova Moturidiy 2024-4 Agzamova Muhabbat Mirtohirovna
0.00 UZ