Kirish
Abdupattayev Mumin Mirzo Murodjon o'g'li
O‘qituvchilarga qaytish O‘qituvchi profili

Abdupattayev Mumin Mirzo Murodjon o'g'li

Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi dotsenti v.b.
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Biografiya

Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b., Abdupattayev Mo‘min Mirzo Murodjon o‘g‘li umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 7 yillik ish tajribasiga ega.

Mehnat faoliyatini 2019–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida stajor-o‘qituvchi sifatida boshlagan. 2020–2022-yillarda mazkur markazda o‘qituvchi lavozimida ishlagan.

2022–2023-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi stajor-o‘qituvchisi, 2023-2024-yillarda ushbu kafedra o‘qituvchisi, 2024-2025-yillarda kafedra katta o‘qituvchisi lavozimlarida ishlagan.

2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti v.b., lavozimida faoliyat yuritmoqda.

M.Abdupattayev 2023-yilda “Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniy ilmiy merosida dinlar tasnifining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Shu kunga qadar M.Abdupattayev 50 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi bo‘lib, ular qatorida 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar mavjud. Uning ishlari nafaqat O‘zbekiston, balki nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar va to‘plamlarda ham chop etilgan. Ilmiy faoliyatida asosiy e’tibor iqtisodiy tahlil, islom iqtisodiyoti va moliyasi hamda turizm sohalaridagi dolzarb muammolarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

M.Abdupattayev pedagogik faoliyati davomida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, o‘qitish jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish, talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirgan. Uning darslari zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodlar asosida olib borilib, talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda, ularning amaliy tajribasini shakllantirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, M.Abdupattayev qator xalqaro grant va hamkorlik loyihalarida milliy koordinator sifatida faol qatnashib, akademik mobillik, o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish va tajriba almashish platformalarini rivojlantirishga hissa qo‘shgan.

M.abdupattayev ilmiy rahbar sifatida ham samarali faoliyat yuritib, uning rahbarligida bir qator magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.

O‘qituvchi ishlari

7 ish