Abdullajonov Navro‘zbek Azimjon o‘g‘li
Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani o‘rinbosari
Biografiya
Abdullajonov Navro‘zbek Azimjon o‘g‘li umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha 11 yillik ish tajribasiga ega.
Mehnat faoliyatini 2015–2018-yillarda “Smart Consulting Group” MCHJda buxgalter-konsultant sifatida boshlagan. 2019–2021-yillarda “Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” davlat muassasasida fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida buxgalter-konsultant bo‘lib ishlagan.
2018–2019-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi sifatida, 2019-yilda esa Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha muhandisi, Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi uslubchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi sifatida mehnat qilgan.
2020–2024-yillarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.
2024–2025-yillar davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
2025-yildan buyon O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.