YURAK ISHEMIK KASALLIKLARI - SHOSHILINCH HOLATLAR
Ushbu o’quv qo'llanmada yurak-qon tomir kasalliklari shoshilinch holatlarining dolzarb muammolari ko'rib chiqiladi: zamonaviy etiopatogenez tushunchalari, diagnostikaning zamonaviy tamoyillari va nostabil stenokardiya, ST segmentining ko'tarilishi yoki ko’tarilishisiz kechadigan o'tkir koronar sindromli bemorlarni olib borish va davolash algoritmi taqdim etilgan. Ushbu qollanma klinik kuzatuvlar, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklarini shoshilinch holatlardagi bemorlarni laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari asosida yozilgan. Mualliflar favqulodda vaziyatlarda bo'lgan bemorlarni olib borish, tashxis qo'yish, davolash va boshqarish strategiyalariga zamonaviy yondashuvlarni batafsil bayon qiladi. Taqdim etilgan qo'llanma "Kardiologiya" (5А510105) mutaxassisligi magistrlarni tayyorlash namunaviy va ishchi dasturlariga muvofiq tuzilgan va davlat ta'lim standarti talablariga javob beradi. Ushbu o'quv qo'llanma uch qismdan iborat bo'lib, unda yurak ishemik kasalligi – shoshilinch holatlar keng yoritilgan. Har bir bo'lim oxirida talabalarning yuqori malakali shifokorlarni tayyorlashda bilimlarini mustahkamlashga yordam beradigan o'z-o'zini nazorat qilish uchun savollar, testlar va vaziyatli masalalar berilgan.
- Nashriyot
- SAMARQAND
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 102
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -