SINXRON TARJIMA
Ushbu qo‘llanma Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasida 5120200 – “Tarji- ma nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari bo‘yicha)” bakalavr yo‘nalishi uchun belgilangan “Sinxron tarjima” ixtisoslik fani o‘quv dasturiga mu- vofiq G‘arb mamlakatlari va Rossiyada nashr etilgan adabiyotlar asosida ishlab chiqildi. Kitobda og‘zaki tarjimaning murakkab turi sanalgan sin- xron tarjima va uning strategiyalariga oid nazariy ma’lumotlar hamda ta- labalarning sinxron tarjimadan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan inglizcha va o‘zbekcha matnlar, shuningdek, fanga oid terminlarning qisqacha izohli lug‘ati (glossariy) berilgan. O‘quv qo‘llanmadan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida “Tarjima naza- riyasi va amaliyoti” hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘na- lishlari, “Sinxron tarjima” magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar, ushbu soha bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
- Nashriyot
- ToshDSHI
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 140
- Fond bo'limi
- 4.Тилшунослик
- Nashr turi
- o'quv qo'llanma
- Bo`lim
- 4(076)
- P.S.
- X-35
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- UzXIA