RADIATSION GIGIYENA O‘quv qo‘llanma
“Radiatsion gigiyena” o‘quv qo‘llanmasi Davlat ta’lim standarti talablari va “Radiatsion gigiyena” fanining namunaviy fan dasturi (500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash” Bilim sohasi, 510000 – “Sog‘liqni saqlash” Ta’lim sohasi, 5510300 – “Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishi) asosida yaratilgan. Radiatsion gigiyenafani o‘quv rejadagi ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan. O‘quv qo‘llanma tibbiy OTMlari talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, adabiyotida radioaktivlikning fizikaviy asoslariga taalluqli nazariy masalalar, radiobiologiyaning asosiy masalalari va xodimlar hamda aholining radiatsion xavfsizligini ta’minlashning nazariy asoslari kiritilgan. Ionlantiruvchi nur manbalaridan foydalanganda radiatsion xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha shifokorning amaliy faoliyati, shuningdek, zamonaviy shart-sharoitda atrof-muhitning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi ehtimolini nazarda tutgan holda aholining radiatsion xavfsizligi masalalariga asosiy e’tibor qaratilgan. O‘quv qo‘llanmada 23ta jadval va 40 ta rasmlar bilan boyitilgan.
- Nashriyot
- Toshkent
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 214
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -