Kirish
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Material · UZ

O'zbekistonning eng yangi tarixi

Ko‘p ming yillik davlatchilik tarixi, boy madaniyat va maʼnaviyatiga ega, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi hayotida mustaqillik davri tom maʼnoda maʼnaviy yangilanish jabhasini boshlab berdi. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, maʼnaviy yangilanishlar bois mamlakatimiz XXI asrda milliy tiklanishdan milliy yuksalish tomon yo‘l oldi. Globallashuv asri bo‘lmish – XXI asr, bir tomondan, umuminsoniy qadriyatlarni oldingi o‘ringa chiqishi, intellektual salohiyat ijtimoiy hayot mezonini belgilovchi darajaga aylanishi, informatsion texnologiyalar taraqqiy etishi bilan izohlansa, ikkinchi tomondan, umumjahon miqyosidagi maʼnaviy tahdidlar, “ommaviy madaniyat”ni keng xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish, taʼlim-tarbiya sohasida salbiy illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘layotgan asr hisoblanadi. Shu bois ham Prezident Sh.M.Mirziyoyev bu masalaga global tarzda yondashib, o‘zining BMT Bosh Аssambleyasining 2017-yil sentabrda bo‘lib o‘tgan 72-sessiyasidagi nutqida alohida to‘xtalib, o‘sib kelayotgan avlodni, avvalo, maʼrifiy savodxonlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida urg‘u berdi.

R.H.Murtazayeva 0.00 6 0 0 mavjud
PDF / onlayn kitob
Nashriyot
-
Yil
2023
Sahifalar
234
Fond bo'limi
-
Nashr turi
-
Bo`lim
-
P.S.
-
Mamlakat
-
Kutubxona
-
Kitobni baholang 0.00 / 5 · 0 baholar
Baholash uchun kiring

O'xshash kitoblar