Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ
Material · UZ

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSTITUTSIYASI VA KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

“Konstitutsiyaviy huquq” huquqshunoslikda tez-tez uchrab turadigan va bir necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladigan atamadir. Avvalo, “Konstitutsiyaviy huquq” atamasi turli mamlakatlarning huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘lgan huquq tarmog‘iga nisbatan ishlatiladi va mamlakatning, jumladan: “O‘zbekiston Konstitutsiyaviy huquqi”, “Qozog‘iston Konstitutsiyaviy huquqi”, “Rossiya Konstitutsiyaviy huquqi” deb ataladi. Ikkinchidan, “Konstitutsiyaviy huquq” atamasi ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi alohida huquqiy fanga nisbatan ishlatiladi (“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy huquqi” fani, “Qozog‘iston Konstitutsiyaviy huquqi” fani, “Rossiya Konstitutsiyaviy huquqi” fani) va u boshqa fanlarga xos barcha xususiyatlarga ega. Uchinchidan, “Konstitutsiyaviy huquq” fuqarolarning Konstitutsiyalarda belgilab qo‘yilgan asosiy huquqlariga nisbatan ishlatiladi. Bu uch tushuncha turli ma’noda ishlatilsa-da, ular bir-biri bilan bog‘liqdir. Konstitutsiyaviy huquqning huquq tarmog‘i sifatida mavjudligi uning huquqshunoslar tomonidan o‘rganilishi zaruratini tug‘diradi, bu o‘z navbatida, “Konstitutsiyaviy huquq” fanining mavjud bo‘lishini taqozo etadi, fan esa, faqat bilim berishnigina nazarda tutmay, huquq tarmoqlarining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishini, bir-biri bilan mosligini, muammolarni o‘rganadi, huquqni rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar uchun asos bo‘ladi

1 0.00 4 0 0 mavjud
PDF / onlayn kitob
Nashriyot
-
Yil
-
Sahifalar
536
Fond bo'limi
-
Nashr turi
-
Bo`lim
-
P.S.
-
Mamlakat
-
Kutubxona
-
Kitobni baholang 0.00 / 5 · 0 baholar
Baholash uchun kiring

O'xshash kitoblar