MARKETING ASOSLARI
Mazkur darslikda marketingning an’anaviy va zamonaviy konsepsiyalari, marketing axborotlari, ularni yig’ish va tahlil qilish, bozorni segmentlash, marketing tizimida tovar, narx, sotish va siljitish siyosati, marketing strategiyalari va marketing faoliyatini rejalashtirish ko‘rib chiqilgan. Marketingning zamonaviy ta’riflari, ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, marketing muhiti va unga ta’sir qiluvchi omillar aks ettirilgan. Ushbu darslik mahalliy korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish, milliy mahsulotlar uchun yangi bozorlarni topish, milliy brendlarni bozordagi mavqeini mustahkamlash, ichki va tashqi bozorlarni o‘rganish muammolarini keng izohlab berish bilan ajralib turadi. Darslik Oliy ta’limning 60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Shuningdek, darslikdan Oliy ta’limning iqtisodiyot, menejment, moliya va moliyaviy texnologiyalar, bank ishi va audit, buxgalteriya hisobi va audit, logistika bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari, magistrlar, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar, tadbirkorlar va marketing bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishi mumkin.
- Nashriyot
- STEP-SEL
- Yil
- 2022
- Sahifalar
- 314
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- darslik
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- ЎзҲИА