КВАРТЕТНЫЙ КЛАСС (ВЕНСКАЯ КЛАССИКА)
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari” kafedrasining torli cholg‘ularda ijrochilik yo‘nalishining yetakchi mutaxassisi Dmitriy Petrovich Ovchinnikovning “Orkestr partiyalarini o‘rganish” nomli ushbu o‘quv qo‘llanmasi musiqachi-ijrochilar orkestrlardagi kasbiy faoliyatiga mustaqil tayyorlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan. Professional simfonik, kamer va opera orkestrlari tomonidan tez-tez ijro etiladigan repertuar bilan tanishish, orkestrlarining repertuar spetsifikasini, orkestr qiyinchiliklarini o‘rganish, notadan ijrochilik mahorati ko‘nikmalarini shakllantirish, repertuarlardagi asarlarda keng tarqalgan orkestr solosini (cholg‘u turlari bo‘yicha) o‘zlashtirish –qo‘llanmaning asosiy vazifasidir. Mazkur o‘quv qo‘llanma muallifning ko‘p yillik pedagogik va ijrochilik tajribasi umumlashmasi bo‘lib, u ijodiy ijrochilik amaliyotida joriyda bo‘lgan orkestr partiyalari ustida ishlash shakllarini taqdim etadi. Qo‘llanmadan konservatoriyaning “Cholg’u ijrochiligi (torli cholg’ular)” bakalavriat yo‘nalishida “Orkestr partiyalarini o‘rganish” kursida, shuningdek, boshqa ijodiy oliy ta’lim muassasalarida o‘tiladigan – “Orkestr sinfi”, “Kvartet sinfi” kabi ixtisoslashtirilgan kurslarda foydalanish nazarda tutilgan. Undan professional orkestr musiqachilari ham o‘z ijrochilik mahoratlarini yanada takomillashtirishlarida foydalanishlari mumkin.
- Nashriyot
- Ташкент
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 175
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -