KRIPTOANALIZ MASALALARINI YECHISHNING MANTIQIY USULLARI
Mazkur monografiya zamonaviy simmetrik shifrlash algoritmlarini algebraik kriptotahlil qilish sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalariga asoslanadi. Unda blokli simmetrik shifrlash algoritmlarining mantiqiy usullar yordamida umumiy kriptografik talablarga baholanishi, AES va GOST R34.12-2015 (Kuznechik) standartlariga oid optimallashtirilgan matematik modellar yaratish, shuningdek A5/1 oqimli algoritmi uchun matematik modellarni ishlab chiqish holatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, monografiyada Bul tenglamalar tizimini yechish algoritmlari keng yoritilgan bo‘lib, maksimal qism tizimlarni topish, mantiqiy funksiyalarni minimallashtirish, va Jegalkin ko‘phadini optimallashtirish bo‘yicha taklif etilgan usullar va baholash mezonlari bayon qilingan.
- Nashriyot
- Zamon poligraf
- Yil
- 2026
- Sahifalar
- 100
- Fond bo'limi
- 6. Амалий фанлар. Соғлиқни сақлаш. Техника.
- Nashr turi
- monografiya
- Bo`lim
- 681
- P.S.
- К-12
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- UzXIA
O'xshash kitoblar