KERAMIK MATERIALLAR VA ULARGA ISHLOV BERISH
Ushbu darslik mutaxassis, injener, texnologlar uchun mo‘ljallangan. Bular ychun hozirgi zamon materiallari (keramika) to‘g‘risidagi bilimlar ularni muvaffaqiyatli ishlashlarini garovidir. Shuning uchun keramik materiallar va ularni qo‘llashni ushbu darslik yordamida bilish mutaxassislar tayyorlash sifatini bir pog‘onaga ko‘tarishga omil bo‘ladi. Dastlab, mashinasozlikda keramik mahsulotlarni yasash uchun zarur bo‘lgan qiyin eriydigan va qattiq organik emas birikmalarni xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar batafsil berilgan. Qiyin eriydigan birikmalardan olingan keramik kukun-poroshoklarni xossalari va texnologik xarakteristikalari qurilgan. Shu bilan birga presslash jarayoniga ularni tayyorlash texnologiyasi ham qurilgan. Kukun massani har xil usullar bilan mahsulotga forma berish jarayonini texnologik xususiyatlari batafsil ko‘rilgan. Ma’lum materiallar presslangan keramik mahsulotlarni pishirish mexanizmi va texnologiyasiga bag‘ishlangan. Shu qatorda, oksidli, karbidli va nitridli keramikani olish xususiyatlariga ham e’tibor berilgan. Keramik materiallarni termik ishlash jarayonlari ham yoritilgan. Texnik keramikani mashinasozlikda qo‘llash masalasi alohida o‘rin olgan. Darslik mashinasozlikdagi keramik materiallarni o‘rganish va qo‘llashni o‘rganayotgan bakalavr yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan. Ba’zi hollarda magistrlar ham foydalansa bo‘ladi.
- Nashriyot
- Toshkent
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 329
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -