Inson falsafasi
Inson hamma zamonlarda ham o‘zining kimligini, o‘zligini bi- lishga intilgan. Inson muammosiga bag‘ishlangan turli gipotezalar, nazariyalar va konsepsiyalar yaratildi. Lekin zamonlar o‘tishi bilan inson deb nomlanuvchi mavjudotda hali o'rganilmagan, yechilishi zarur bo‘lgan muammolar, jumboqlar ko'payib boraverdi. Qadimgi zamon falsafasi namoyandalari, xususan, qadimgi Hind va Xitoy faylasuflari inson ikki yirik qudrat — tana bilan jonning uyushmasidan iborat, jon tanani tark etib, ruhga aylanib turadi, ruh esa o'lmaydi, deb tushuntirgan bo‘lsalar, qadimgi Eron va Turon faylasuflari inson borlig'i olam borlig'i bilan bevosita aloqador, inson borlig‘ida olam borlig‘i o'z ifodasini topadi, olam borlig'i esa to'rt asosiy unsurdan: tuproq, suv, olov, havodan tashkil topgan, olam borlig'ining murakkab shakllaridan bin bo'lgan inson tabiati ham, shubhasiz, o'sha to'rt unsur bilan bog'liq bo'ladi, deb ishontirishga harakat qildilar. Qadimgi Eron va Turon falsafasi ta’sirida vujudga kelgan Yunon falsafasining namoyandalari esa inson kosmosning bo'lagi, allaqanday o'ziga xos xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan mikrokosmosdir, deb tushuntirishar edi. Qadimgi Yunon faylasuflari inson bilan olamdagi boshqa tirik mavjudotlar o'rtasida jiddiy farq borligiga shubha qilmasdilar. Inson — «aqlli ijtimoiy maxluq» ekanligini har tomonlama isbotlashga urindilar. Shunday qilib, qadimgi zamon faylasuflari inson olamdagi tirik mavjudot- laming toji, cho'qqisi ekanligini ta’kidlab, uni birinchi o'ringa ko'tarib qo'ydilar. Inson olamda mavjud bo'lgan tirik mayjudot- larning birortasiga ham o'xshamasligini qayta-qayta ta’kidladilar. O'rta asr faylasuflari esa insonning eng muhim xususiyati uning «Xudoga o'xshashligidir», deb tushuntirdilar. O'sha insonga o'xshash Xudoni koinotdan tashqarida deb bildilar. Endilikda Xudo butun koinotning xo'jayini bo'ldi. Xuddi shuning uchun ham musulmon va xristian faylasuflari o'rta asr sharoitida Xudoda mavjud bo'lgan jamiki yaxshi fazilatlarni, xislatlarni, xosiyatlarni, karomatlarni o'rganishga intildilar. Xudoga xos barkamollikning ko'rinishlarini insondan izladilar. Olloh vasliga yetishni orzu qilgan ruhiy-ma’naviy barkamol inson qiyofasini tasvirlashga urindilar. Yangi zamon faylasuflari o'rta asr faylasuflaridan farqli o'laroq, inson-ijtimoiy mavjudot, deb saboq berishdi. XVIII—XIX asrlarda Yevropada shakllangan nemis klassik falsafasi namoyandalarining bir guruhi inson kamolotida onglilik, aqliylik (ratsionalizm) hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, deyishsa, boshqa birovlari inson- ning inson bo‘lib shakllanishida his-tuyg‘u, ongsizlik (irratsiona- lizm) asosiy rol o'ynaydi, deb tushuntirdilar. Yana boshqa bir guruh faylasuflar insonning inson bo‘lib shakllanishida ijtimoiy muhit, ayniqsa, mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon qildilar. Inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti haqidagi fikr- mulohazalarni eslatib o‘tishdan muddao barcha zamonlarda ham, barcha zaminlarda ham inson muammosi falsafaning asosiy mav- zusi ekanligini e’tirof etishdir. Lekin inson muammosi faqat falsafaning tadqiqot obyekti bo‘libgina qolmay, balki boshqa fanlar- ning ham diqqat markazida bo‘ldi. Boshqa fanlar insonning ma’lum bir' qismini, ayrim xususiyatlarini o'rgangan bo'lsa, falsafa inson- ni bir butun, yaxlit o'rganishga harakat qildi. Boshqacha aytga- nimizda, falsafa insonning tabiiy-ijtimoiy mohiyatini, uning olamdagi tirik maxluqotlar orasidagi o'mini, boshqa jon- zotlardan farqini tushuntirishga urindi. Insonning jismi, ruhiyati, ma’naviyati orasidagi o'zaro aloqadorlik mexanizmi mohiyatini ifoda etuvchi qonuniyatlami aniqlashga intildi. Insonning olamga bo'lgan munosabatini, uning atrof-muhitni, hatto o'zini-o'zi o'zgartira olish yo'llari va uslublarini, o'z taqdirini o'zi belgilovchi buyuk mavjudot ekanligini har tomonlama tahlil qildi. O'zi haqida, o'zining ruhiy-ma’naviy kamoloti haqida turli g'oyalar, ta’limotlar yaratdi. Turgan gapki, insonning o'zi to'g'risida yarat- gan g'oyalari ham zamonlar o'tishi bilan o'zgarib, boyib yoki eskirib bordi. Inson to'g'risidagi falsafiy g'oyalar, uning manfaatlari, ehti- yojlari va e’tiqodlari bilan uzviy aloqadordir. Afsuski, shu vaqt- gacha biz targ'ibot va tashviqot qilib kelgan falsafiy qarashlarda konkret inson, uning tabiiy-ijtimoiy mohiyati, orzu va umidlari, ehtiyojlari siyosiy manfaatlar, sinfiy qarashlar to'g'risidagi ta’limotlar soyasida qolib ketdi. Insonning ijtimoiy qiyofasi siyosiy manfaatlar nuqtayi-nazaridan qanday bo'lishi zarurligi haqida uzluksiz bosh qotirib keldik. Lekin uning madaniy-ma’naviy saviya- sining holati, darajasini bilishga harakat qilmadik. Har tomonlama garmonik rivojlangan, barkamol inson shaxsi haqida uzoq gapirdik, ko'plab qo'llanmalar, yostiqdek kitoblar bitdik. Sotsialistik jamiyat sharoitida voyaga yetgan kishilar o'z o'tmishdoshlaridan tubdan farq qiladi, ajdod va avlodlaming jamiki yaxshi fazilatlari, xislatlari unda mujassam, deb maqtanib keldik. Afsuski, o‘sha orzu qilingan odamning ming xil sayqal berilgan qiyofasi bizdan borgan sari uzoqlashaverdi va asta-sekin xiralashib qoldi. Chunki yonginamizda faoliyat ko‘rsatayotgan haqiqiy basha- ralar bilan orzu qilingan, tasvir etilgan, ko‘klarga ko‘tarib maqtal- gan kitobiy qiyofalar orasidagi ziddiyat keskinlashib, amalda al- laqanday tubsiz jarlik vujudga keldi. Ushbu ziddiyatning mahsuli bo'lgan manqurtsimon, ma’naviy majruh odamlar soni ko'payib ketdi. Hozirgi zamon ijtimoiy taraqqiyoti, ayniqsa, fan va texnika progressining inson jismoniy va ma’naviy qiyofasiga, ruhiyati va professional malakasiga ta’siri uni bir butun, yaxlit o‘rganishni talab qilmoqda. Afsuski, hozirgi zamon fani to‘plagan inson to‘g‘risidagi ma’lumotlar jahon sivilizatsiyasining bugungi talab- lariga mutlaqo javob bermaydi. Chunonchi, insonshunos olimlar- ning guvohlik berishicha, bugungacha to‘plangan barcha bilimlar- ning 95—98 foizi tabiat muammolariga bag‘ishlangan. Inson tabi- atini ifodalovchi ma’lumotlar, to‘plangan ilmlaming bir foizidan ham kamrog‘ini tashkil etadi. Olz navbatida, bunday keskin farq- ning vujudga kelishiga jahon dinlari ham sabab bo‘ldi. Chunki jahon dinlari uzoq vaqt nafaqat insonning jismi, ruhiyati va ma’naviyatini o'rganishga, hatto uning tashqi qiyofasining surati- ni chizishga ham qarshilik ko'rsatdi1. Boz ustiga, totalitar tuzum mafkurasining asosi hisoblangan markscha-lenincha falsafaning eng asosiy kamchiliklaridan biri ham insonning ruhiy-ma’naviy olamini o'rganishga yetarli e’tibor ber- maganligidir. Shuning uchun fuqaroviy, ya’ni insonparvar, demokratik jamiyat qurish, huquqiy davlat barpo etish uchun ommaviy harakat avj olgan 0‘zbekiston sharoitida mamlakatimiz- ning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taqdirini hal qiluvchi bo‘lg‘usi yuqori malakali mutaxassislami inson to‘g‘risidagi falsafiy bilimlar taraqqiyoti bilan qurollantirish — umumdavlat, umumjamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan tarixiy zaruriyatdir. Mamlakatimiz oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini tugatib, hayotga qadam tashlayotgan har bir yosh mutaxassis, ayniqsa, xalq maorifl tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchilari va targ'ibotchilari o'zlarining kasb- kor malakalarini jahon sivilizatsiyasi talablari darajasiga ko‘tarmoqlari uchun uzoq davom etgan murakkab evolyutsion jarayonning mahsuli bo‘lgan Hazrati Insonning jismi, ruhiyati va ma’naviyati o'rtasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmini to‘la tasav- vur etishlari lozim. Insonning jismoniy va ma’naviy qiyofasi, ruhiy holati haqida aniq ma’lumotga ega bo'lmasdan turib, uning kasb- kor malakasini oshirish yo'llari, uslublari va usullarini izlash bema’nilik bo'lur edi. Ongimiz va faoliyatimizni turli yo‘llar, zug'umlar bilan tiqishtirilgan: «inson — mehnat resursi», «inson — mehnatning subyekti» kabi bema’niliklar iskanjasidan ozod qilmoq uchun oliy darajadagi biosotsial mavjudot bo'lgan insonni yaxlit o‘rganmog‘imiz va o‘rgatmog‘imiz darkor. 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ta’lim va tarbiya- ning butun jarayonini insonparvarlik g‘oyasiga bo'ysundirish zarur1. Bo‘lg‘usi mutaxassislami «Inson falsafasi» («Falsafiy antropolo- giya») bilan qurollantirmog‘imiz darkor. Sizga taqdim etilayotgan mazkur asar inson to‘g‘risidagi bir butun, yaxlit ma’lumot berishga qaratilgan dastlabki urinishdir. Ushbu asar uch kitobni o'ziga birlashtiradi. Birinchi kitob «Inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti» deb nomlangan bo‘lsa, ikkinchi kitob «Mustaqil shaxs», uchinchisi esa «Ijtimoiy tarbiya» deb ataladi. «Inson falsafasi»ning birinchi kitobi 1998-yilda, ikkinchi ki- tobi esa 2002-yilda Toshkentdagi «Chinor» nashriyotida chop etildi. Asar mamlakat ilmiy jamoatchiligi tomonidan iliq kutib olindi. Respublikamiz matbuoti sahifalarida ijobiy taqrizlar yozildi. Ko‘p sonli kitobxonlaming taklif va mulohazalari, istaklarini inobatga olib, «Inson falsafasi»ning birinchi kitobi qayta ishlandi. Yangi ilmiy dalillar bilan to‘ldirildi. Inson to‘g‘risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya (formatsion yondashuv), materializm yoki idealizm, sinfiylik yoki partiyaviylik, G‘arb yoki Sharq falsafasi orasiga qat’iy bir chegara qo‘yish nuqtayi nazaridan emas, balki har bir xalq, har bir millatning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi (sivili- zatsion yondashuv), umuminsoniy madaniyat, umuminsoniy qad- riyatlar chig‘irig‘idan o‘tkazib tahlil qilishga harakat qilindi. Inson to‘g‘risidagi dastlabki falsafiy fikrlar Sharq mamlakatlarida vujudga kelganligi tarixiy haqiqatdir. 0‘sha Sharq mamlakatlarida shakllangan inson falsafasi o‘z qobig‘iga o'ralib qolgani yo‘q, balki umuminsoniy madaniyat mulkiga aylangani ham rost. U jahon xalqlari, ayniqsa, G‘arb mamlakatlari xalqlari madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Xususan, Eron va Turon zaminida shakllan- gan zardushtiylik, moniylik va mazdakizm qadimgi Yunon fayla- suflarining inson to‘g‘risidagi qarashlariga o‘z ta’sirini o'tkazdi. O'z navbatida, Sharqda vujudga kelgan inson falsafasi G‘arbda yangicha mazmun, yangicha shaklga kirganligi va yana Sharqqa qaytganligi ham rost. Lekin G'arbning ayrim tadqiqotchilari ush- bu haqiqatni tan olmadilar. Aniqroq qilib aytganda, bunday ta- rixiy haqiqatni e’tirof etgilari kelmadi. Aksincha, Sharq xalqlari azaldan qoloq bo'lgan, deb butun dunyoga ayuhannos soldilar. Sharq faylasuflarining inson to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini kam- sitish, unga past nazar bilan qarash tendensiyasi kuchayib ketdi. Bunday kalondimog‘liklar, biryoqlamaliklar G'arbda yevropotsen- trizmning gullab-yashnashi uchun real shart-sharoit yaratdi. Xuddi shuning uchun ham kitobni qayta nashrga tayyorlaganda muallif xristian va musulmon faylasuflarining inson to‘g‘risidagi qarash- larini xolisona tahlil qilish asosida yevropotsentrizmning g'ayriilmiy mohiyatini ko‘rsatib berishga harakat qildi. Kitobni qayta nashrga tayyorlashda mamlakatimizda va xorijda chop etilgan turli ilmiy-falsafiy, badiiy-publitsistik adabiyotlarda bayon qilingan inson to‘g‘risidagi asosiy g'oyalar baholi qudrat o'rganildi va umumlashtirildi. Ayrim xulosalar bahsli, munozaraii bo'lishi shubhasiz. Chunki qalamga olingan mavzuning qamrovi nihoyatda kengligi, flkrlash madaniyati bosib o'tgan uzoq davrni o'zida mujassamlashtirgani uchun zukko kitobxonni to'la qoniqtir- masligi yoki ayrim e’tirozlami uyg'otishi mumkin. Ammo bayon qilingan fikr va mulohazalar oz bo'lsada o'quvchini fikrlashga undagan bo'lsa muallif o'z oldiga qo'ygan vazifani bajargan, o'z muddaosiga erishgan, deb hisoblaydi. Asar oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, umumiy ta’lim maktablarining muallimJari, targ'ibotchilar va tashviqot- chilar, inson muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib bo- rayotgan magistrantlar, aspirantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuv- chilarga mo'ljallangan.
- Nashriyot
- Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
- Yil
- 2007
- Sahifalar
- 400
- Fond bo'limi
- 8. Адабиётшунослик.
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- 82
- P.S.
- Ch-77
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -