HOZIRGI ADABIY JARAYON (O‘QUV QO‘LLANMA)
Ushbu qo‘llanma o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan “Hozirgi adabiy jarayon” fani o‘quv dasturi asosida yaratilgan. Qo‘llanmada talabalarga so‘nggi bir asrdan ziyod vaqtda kechgan adabiy-tanqidiy o‘zgarishlar, uning adabiy jarayonga ta’siri, har bir davr adabiy jarayoni tamoyillarini belgilashga xizmat qiladigan asarlar haqida bilim berish, tanqidchilik tarixi, uning taraqqiyot tamoyillari, bir qator munaqqid va ijodkorlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish, badiiy asarni tahlil qilishga, muayyan yozuvchi yoki shoirning asari orqali g‘oyaviy-badiiy niyatini to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish asosiy maqsad qilib belgilangan. Qo‘llanma orqali talaba fan haqida yalpi tasavvur hosil qilishi, uning asosiy yo‘nalishlari to‘-g‘risida muxtasar ma’lumot (olishi) berishga o‘rganishi, eng muhim qoida va talablari bilan tanishishi jihatidan, undan filologiya sohasidagi barcha mutaxassislar, o‘qituvchi va magistrlar ham foydalanishlari mumkin.
- Nashriyot
- NUKUS
- Yil
- 2019
- Sahifalar
- 106
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -