Dinshunoslikka kirish
«Dinshunoslikka kirish» fani bo‘lajak dinshunos mutaxassislar uchun mo‘ljallangan maxsus kurs bo‘lib, unda din bilan bog‘liq ma’lumotlarni xolis, ilmiy tahliliy tadqiq etish ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Zero, din dinshunoslik fanining o‘rganish obyekti bo‘lish bilan birga, har bir kishining e’tiqodi hamdir. E’tiqod masalasiga esa turli din vakillari orasida e’tiroz va norozilik paydo bo‘lmasligi uchun hurmat va e’tiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarda din haqida xolis, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirish, turli dinlarning kelib chiqishi, mazmun-mohiyati, ta’limoti va tarixi haqida umumiy ilmiy tushunchalar berishdan iborat. Shuningdek, talabalarda din va uning turli shakllari, ta’limoti, yo‘nalishi va oqimlari haqida xolis ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish, vijdon erkinligi talablariga amal qilish mezonlarini to‘g‘ri belgilash, milliy va diniy qadriyatlar uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlarini talabalar ongiga ingdirishdan iborat.
- Nashriyot
- Toshkent: «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati »
- Yil
- 2018
- Sahifalar
- 304
- Fond bo'limi
- 2.Дин
- Nashr turi
- darslik
- Bo`lim
- 297
- P.S.
- R-33
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- UzXIA