Kirish
Chol va dengiz
Material · UZ

Chol va dengiz

“Chol va dengiz” – amerikalik yozuvchi Ernest Xemingueyning 1952-yilda Bagama orollarida yozilgan va nashr etilgan romani. Xemingueyning hayoti davomida nashr etilgan so‘nggi taniqli asari. Asarning syujetiga biroz to‘xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog‘ida yashaydi. Va baliqchilik bilan shug‘ullanardi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, ammo biror o‘ljaga ega bo‘lmagandi. Manolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota-onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishni buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko‘rardi. Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo‘l oladi. Dastlab, qahramonimiz kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. So‘ng esa juda katta baliq qarmoqqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo‘qligidan xafa bo‘ladi, bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib, chol baliq bilan uzoq “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo‘lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonch va umidi uni oldinga boshlayveradi. Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi.

E.Xeminguey 0.00 3 0 0 mavjud
PDF / onlayn kitob
Nashriyot
Toshkent: Yosh gvardiya
Yil
1986
Sahifalar
43
Fond bo'limi
8. Адабиётшунослик.
Nashr turi
-
Bo`lim
82
P.S.
-
Mamlakat
-
Kutubxona
-
Kitobni baholang 0.00 / 5 · 0 baholar
Baholash uchun kiring

O'xshash kitoblar