CHIZMACHILIK
Mazkur oʻquv qoʻllanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 5110800 – “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriat yo‘nalishi ixtisosligi uchun tasdiqlangan “Chizmachilik” fan dasturiga muvofiq yozilgan. Oʻquv qoʻllanmada chizmachilik fanining “Mashinasozlik chizmachiligi” bo‘limi batafsil va keng yoritilgan. Unda vint chiziqlari va sirtlari, rezba va uning turlari, rezbaning belgilanishi va tasvirlanishi, ajraluvchi va ajralmas birikmalar, uzatma va uning turlari, sxemalar haqida materiallar batafsil yoritilgan. Oʻquv qoʻllanmada mashinasozlik chizmachiligiga oid ma’lumotlarning uzviy bog‘liqligi va ajralmasligi hisobga olingan. Shuningdek, oʻquv qo‘llanmada fan dasturining mashinasozlik chizmachiligi bo‘limi yuzasidan talabalar topshirishi shart bo‘lgan grafik vazifalar mazmuni va uni qanday bajarishga qaratilgan metodik tavsiyanomalar ham keltirilgan. Oʻquv qoʻllanma chizmachilik fanidan boʻlajak o‘qituvchlarni tayyorlashga mo‘ljallanganligi uchun u keng qamrovli bo‘lib, undan chizmachilik yoki muhandislik grafikasi fanlari o‘qitiladigan barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari, kasb hunar kolleji hamda maktab o‘qituvchilari samarali foydalanishlari mumkin
- Nashriyot
- TOSHKENT
- Yil
- 2020
- Sahifalar
- 324
- Fond bo'limi
- -
- Nashr turi
- -
- Bo`lim
- -
- P.S.
- -
- Mamlakat
- -
- Kutubxona
- -